06:31 17 Avgust 2018
Efir
  • RUB115.07
  • EUR8888.62
  • USD7790.20
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev

Mirziyoyev Bunyodkor koʻchasidagi koʻprikning ochilishida ishtirok etdi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.
Siyosat
Havola olish
46410

Yoʻl oʻtkazgichda transportlar 6 ta qatorda harakatlanadi.

TOSHKENT, 10 avg - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 avgust kuni Bunyodkor koʻchasidagi yangi qurib bitkazilgan koʻprikni koʻrishga bordi, deb xabar qildi prezident matbuot-xizmati.

Maʼlumki, Bunyodkor koʻchasi Toshkent shahrining eng serqatnov yoʻllaridan biri. Bu koʻchaning Toshkent halqa yoʻli, Farhod, Muqimiy, Islom Karimov, Navoiy va boshqa yirik koʻchalar bilan kesishgan joylarida yoʻl oʻtkazgich va tunnellar qurilgan. 

Mirziyoyev topshirigʻiga muvofiq Bunyodkor va Choʻpon ota koʻchalari chorrahasida ham yangi koʻprik bunyod etildi. Buning natijasida endi Bunyodkor koʻchasi boʻylab toʻxtovsiz va xavfsiz harakat taʼminlanadi. Yoʻl oʻtkazgichda transportlar 6 ta qatorda harakatlanadi. 

Shuningdek, bu yerda 124 metrlik ikkita piyodalar oʻtish koʻprigi qurilgan. Nogiron va keksalarga qulaylik yaratish maqsadida lift va eskalator oʻrnatilgan. 

Oʻzbekiston rahbari hududda amalga oshirilgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Bunday inshootlarni qulaylik va xavfsizlik nuqtai nazaridan aql bilan loyihalashtirish, ularni sifatli va zamonaviy qilib qurish zarurligini taʼkidladi.

Ushbu maydon va koʻchalarda odamlarga qulayliklarni yanada oshirish boʻyicha oʻz fikrlarini bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev Gʻafur Gʻulom nomidagi madaniyat va istirohat bogʻini ham kirib koʻrdi. Bogʻni zamonaviy qilib qayta qurish, bu yerda ochiq va yopiq akvapark barpo etish boʻyicha topshiriq berdi.

Bogʻdagi bironta ham daraxt kesilmasligi kerakligini taʼkidladi.

Asosiy mavzular