12:21 17 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Ministr inostrannыx del Rossii Sergey Lavrov

Lavrov: Rossiya har qanday turdagi narkotikdan ozod dunyo tarafdorligicha qoladi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Siyosat
Havola olish
185 0 0

Toshkentda boʻlib oʻtayotgan narkotiklarga qarshi kurash boʻyicha xalqaro anjumanda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov jahonda yengil narkotiklarni qonuniylashtirish va BMTning giyohvand moddalar nazorati boʻyicha kontseptsiyasini qayta koʻrib chiqishga qaratilgan chaqiriqlar tobora koʻp jarang topayotganini aytdi

Rossiya TIV rahbari va Markaziy Osiyoda giyohvand moddalarni nazorat qilish sohasidagi mintaqaviy hamkorlik boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumi ishtirokchi davlatlari yagona pozitsiyani bildirdilar va amaldagi tizimga yengillik berilishiga yoʻl qoʻymadilar.

"Ayrim davlatlar yengil narkotiklarni legallashtirish zarurati haqida tobora koʻp taʼkidlashmoqda, umuman ular amaldagi tizimni qayta koʻrib chiqish tarafdori ekanliklarini bildirishmoqda. Lekin men hamkasblarimdan yaqinda boʻlib oʻtgan BMTning xalqaro sessiyasida bizning pozitsiyamizni qoʻllab-quvvatlaganlari uchun minnatdorman. Biz har qanday turdagi narkotikdan ozod dunyo tarafdorimiz", - deb qayd etdi Lavrov.

Rossiya TIV yetakchisining soʻzlariga koʻra, jahondagi bu yovuzlikka samarali qarshi kurashish uchun Markaziy Osiyo mamlakatlari va boshqa davlatlar oʻz harakatlarini muvofiqlashtirish uchun xalqaro tashkilotlar, xususan SHHT mintaqaviy aksilterror tuzilmasi, ODKB va boshqa birlashmalarda yaqindan hamkorlik qilishlari lozim.

Asosiy mavzular