02:19 28 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Siyosat
Havola olish
280 0 0

Uchrashuvda demarkatsiya xaritalarini tayyorlash uchun samolyotdan suratga olish ishlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

TOSHKENT, 5 may  — Sputnik. 2019 yil 29 aprel - 5 may kunlari Urganch shahrida Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston oʻrtasidagi Davlat chegarasi delimitatsiya va demarkatsiya masalalari boʻyicha Oʻzbekiston-Turkmaniston hukumatlararo qoʻshma komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining matbuot xizmati xabar qildi.

Muzokaralar chogʻida davlatlararo chegarada amalga oshirilgan qoʻshma dala topografik-geodeziya ishlari natijalari koʻrib chiqildi, yer balansi dastlabki hisob-kitoblari sarhisob qilindi hamda Davlat chegarasining ayrim uchastkalaridan demarkatsiya chizigʻini oʻtkazish loyihasi tayyorlandi.

Uchrashuvda demarkatsiya xaritalarini tayyorlash uchun samolyotdan suratga olish ishlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv anʼanaviy doʻstlik va hamjihatlik ruhida oʻtdi.

Muzokalar yakunlariga koʻra delegatsiya rahbarlari Toʻlqin Abdullayev va Mamed Mamedov tegishli protokolni imzoladilar.

Asosiy mavzular