09:54 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Shavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu Vsemirnogo banka

Mirziyoyev Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.
Siyosat
Havola olish
Sheremetyevodagi mudhish aviahalokat (8)
259 0 0

Davlat rahbari halok boʻlganlarning yaqinlariga samimiy taʼziya va hamdardlik bildirib, jarohat olganlarning tez fursatda sogʻayishlarini tilagan.

TOSHKENT, 6 may - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Moskva shahrining "Sheremetyevo" aeroportida samolyotning favqulodda qoʻnishi oqibatida insonlar halok boʻlgani munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik maktubi yoʻlladi.

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

“Davlatimiz rahbari halok boʻlganlarning yaqinlariga samimiy taʼziya va hamdardlik bildirib, jarohat olganlarning tez fursatda sogʻayishlarini tiladi”, - deyiladi xabarda.

Avvalroq Moskvadagi “Sheremetevo” aeroportida Murmansk shahriga ketayotgan Sukhoi Superjet 100 yoʻlovchi samolyoti favqulodda qoʻnishni amalga oshirayotgan vaqtda yonib ketgani haqida xabar qilingan edi. "Aeroflot"ga qarashli samolyot havoga koʻtarilgandan birozdan keyin qoʻnishga ruxsat soʻragan. Bunga samolyot qanotining yonayotgani sabab boʻlgan. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, hodisa oqibatida 41 nafar kishi halok boʻlgan.

Mavzu:
Sheremetyevodagi mudhish aviahalokat (8)

Asosiy mavzular