21:46 19 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Nursultan Nazarbayev dal start estafete ognya zimney Universiadы-2017

Nazarboyev: Qozogʻiston hukumati siyosat yuritishda ikki taraflamalikka yoʻl qoʻymaydi

© Sputnik Kazaxstan
Siyosat
Havola olish
25910

U shuningdek, "Qozogʻistonda ikki taraflamalik boʻlmasligini" taʼkidladi. "Bitta prezident bor, u bosh hammamizga, hammamiz unga ishlaymiz", - dedi Nazarboyev.

TOSHKENT, 16 may - Sputnik. Qozogʻistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev payshanba kuni hukumatda ikki taraflamalik boʻlmaydi, deya bayonot qildi.

Qozogʻistonni 30 yil boshqarib kelgan Nursulton Nazarboyev 20 mart kuni oʻz boʻynidan bu vakolatni sokit qilgan edi. Davlat rahbari etib, shu paytga qadar Senat raisi boʻlgan Kasim-Jomart Tokayev tayinlandi.

Qozogʻistonda muddatdan oldingi prezident saylovlari 9 iyun kuni boʻlib oʻtadi. Yetti kishi prezidentlikka nomzod sifatida roʻyxatga olingan, shu jumladan Tokayev ham.

"Koʻrdingizmi, spiker uchun qanday noqulayliklar tugʻdirayapman. Siz avvaliga "birinchi prezident", soʻngra "prezident" deyishga majbur boʻlyapsiz", - dedi Nazarboyev Ostonada boʻlib oʻtgan iqtisodiy forum davomida.

U shuningdek, "Qozogʻistonda ikki taraflamalik boʻlmasligini" taʼkidladi. "Bitta prezident bor, u bosh hammamizga, hammamiz unga ishlaymiz", - dedi Nazarboyev.

Asosiy mavzular