08:59 26 Iyun 2019
Efir
  • RUB135.34
  • EUR9731.96
  • USD8562.34
Izbrannыy prezident Ukrainы Vladimir Zelenskiy

Zelenskiy Ukraina Qrimni oʻziga qaytaradi, deya bayonot qildi

© Sputnik / Stringer
Siyosat
Havola olish
92110

Zelenskiy soʻzlariga koʻra, Qrimni qaytarish bu juda olis yoʻl, ammo bu qiyinchilikdan u qoʻrqmaydi.

TOSHKENT, 18 may — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy rasmiy Kiyev oʻziga Qrimni qaytaradi, deya ishonch bildirdi.

U bu haqda bugun Ukrainada nishonlanayotgan Qrim-tatar xalqi genotsid qurbonlarini xotirlash kuni munosabati bilan oʻz Feysbukida post qoldirgan.

"Men ishonaman, biz qrim-tatarlar vatanini okkupatsiyadan ozod qilamiz. Qrimni qaytarish boʻyicha yoʻlimiz qanchalik olis boʻlmasin, biz uni qrimlar (qrim-tatarlar) bilan birgalikda bosib oʻtamiz. Bu ishni birgalikda amalga oshiramiz. Unutmang, hatto eng zim-ziyo tun ham tong bilan yakun topadi", — degan Zelenskiy.

Sal oldin Zelenskiy shtabi Qrimning Rossiyaga qoʻshilgani toʻgʻrisidagi referendum natijalarini tan olmasliklarini aytgan edi.

Lavrov Gʻarb nega Qrimni tan olmayotganini tushuntirib berdi >>>

Ukrainaning yangi saylangan prezidenti Qrim Rossiyada hukumat almashgach mamlakat tarkibiga qaytishini aytib kelmoqda. Shu bilan birga u prezident saylovlaridan keyin Qrimni darhol qay tarzda qaytarish mumkinligini bilmay turganini tan olgan.

AQSH Qrimni Rossiyaniki deb tan olmaydi >>>

Qrim yarimoroli va Sevastopolda referendum Ukrainada yuz bergan davlat toʻntarishidan soʻng, 2014 yilning fevralida oʻtkazilgan edi. 2014 yil 16 mart kuni boʻlib oʻtgan referendumda yarimorolning aksariyat aholisi Rossiya tarkibiga kirish uchun ovoz berdi. Rossiya va Qrim qoʻshilishi uchun 96,77% qrimliklar va 95,6% sevastopol aholisi ovoz bergan edi. Ukraina hanuzga qadar Qrim yarimorolini vaqtincha okkupatsiya qilingan oʻziga qarashli hudud, deb hisoblab keladi. Shuningdek, Qrim yarimoroli aholisi xohishi Gʻarb mamlakatlari tomonidan ham tan olinmadi, ular oʻz noroziligini Rossiyaga va Qrim regioniga sanktsiyalar kiritish orqali namoyish qildilar.

Ukraina Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni kengaytirdi >>>

Asosiy mavzular