09:33 18 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50

Exit poll: Tokayev 70%dan ortiq ovoz toʻplaydi

© Akorda
Siyosat
Havola olish
137 0 0

Ikkinchi tur boʻlmaydi - Tokayev birinchi bosqichdayoq 70 % ovoz toʻpladi.

TOSHKENT, 10 iyun - Sputnik. Dastlabki hisob-kitobga koʻra Qozogʻiston prezidenti saylovida Tokayev gʻolib chiqqan. Bu haqida “Jamoat fikri” instituti oʻz soʻroviga asosan xabar qilmoqda Sputnik Kazaxstan.

“Nomzod Tokayev 70,13 % ovoz jamladi”, - dedi ushbu institut kengashi direktori Aynur Majitova jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan brifingda.

Eslatib oʻtamiz, ushbu prezident saylovi mustaqil Qozogʻiston tarixida ilk bor Nursultan Nazarbayev ishtirokisiz oʻtmoqda. Qozogʻiston birinchi prezidenti 2019 yilning 20 mart kuni prezidentlik vakolatidan voz kechib, vaqtinchalik davlat rahbari sifatida oʻz partiyadoshi Tokayevni taklif qilgan edi.

Shundan soʻng mamlkatda navbatdan tashqari prezident saylovi oʻtkazish taklif qilingan edi. Ushbu prezident saylovlarida 7 nafar nomzodlar ishtirok etdi. Potentsial saylovchilar soni 12 milliondan ortiq boʻlgan. Shundan 70 %dan ortigʻi saylovda ishtirok etgan.

Qozogʻiston qonunchiligiga koʻra, prezident etiy saylanish uchun nomzod saylovda 50%dan ortiq ovoz toʻplashi kerak. Aks holda eng koʻp ovoz jamlagan nomzodlar orasida saylovning ikkinchi turi oʻtkaziladi.

Asosiy mavzular