10:16 13 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Aleksandr Gusev

Qaram odamlar. PASE sessiyasini bir necha delegatsiyalar nega tark etdi - ekspert fikri

Sputnik
1 / 2
Siyosat
Havola olish
314 0 0

Bir qancha davlatlar delegatsiyalari Ukraina ortidan PASE sessiyasini tark etishga qaror qildilar. Ular ushbu harakatni Rossiyaning PASEga qaytganiga qarshi norozilik sifatida amalga oshirdilar. Strategik rejalashtirish instituti direktori Aleksandr Gusev Sputnik radiosi efirida ushbu harakatlar qanday oqibatlarni keltirishi mumkinligi haqida gapirdi

Yevropaliklar - qatʼiyatsiz xalq: Rossiyaning PASEga qaytishi uchun ovoz berdilar. Albatta, hali hammasi u qadar yomonmas: Yevropada hali ham mustahkam va qatʼiy, shimoliy atlantika insoniyati ideallariga mafkuraviy jihatdan sodiq boʻlgan davlatlar bor, albatta. Ular magʻrurlik bilan  oʻz printsiplari va eʼtiqodlarini oʻzgartirishni istamadilar.

Estoniya, Gruziya, Latviya, Litva, Polsha va Slovakiya delegatsiyalari Ukraina ortidan PASE sessiyasini tark etishga qaror qildilar. Tegishli bayonot Facebookda Ukraina delegatsiyasi rahbari tomonidan eʼlon qilingan.

Bu voqea Parlament assambleyasi Rossiya delegatsiyasining vakolatlarini toʻliq hajmda tasdiqlash haqidagi rezolyutsiyani qabul qilgandan soʻng roʻy bergan.

Sal keyin Slovakiya parlamenti spikeri Andrey Danko delegatsiya PASEni Rossiya tufayli tark etgan degan maʼlumotni rad etgan. Danko va PASEda slovakiya delegatsiyasiga rahbarlik qilgan Lyubosha Blagining qoʻshma bayonotiga koʻra, delegatsiyaning aksariyat aʼzosi Rossiya delegatsiyasi huquqlari qaytarilishi uchun ovoz bergan, delegatsiyaning faqat bir aʼzosi - Martin Polyachik qarshi ovoz bergan. Xuddi shu Polyachik oʻz mansab vakolatlarini suʼiisteʼmol qilgan holda, sessiyani tark etgan boshqa olti davlatning qoʻshma hujjatini imzolagan.

Strategik rejalashtirish instituti direktori, siyosiy fanlar doktori, professor Aleksandr Gusev Sputnik radiosi efirida qator davlatlarning PASE sessiyasini tark etishi - hech qanday mantiq va amaliy maʼnoga asoslanmagan namoyishkorona harakat, deya fikr bildirdi.

"Ushbu demarsh hech qanday natijaga olib kelmaydi. Ularning birontasi PASEni tark etishni rejalashtirmayapti, ular oʻz ishini davom ettiradi. Agar ular iyun oyidagi sessiyada ishtirok etishmasa, kuzda oʻtkaziladigan sessiyaga, Strasburgga kelishadi. Va xuddi hozirgidek Rossiya delegatsiyasiga qarshi turishadi ‒ ular aslida erksiz odamlar. Oʻsha davlatlar fuqarolari, oʻylaymanki, ularning unchalik mantiqqa asoslanmagan va konstruktiv boʻlmagan harakatlariga ishora koʻrsatishadi", - dedi Gusev.

Eslatib oʻtamiz, bundan besh yil oldin Ukraina va bir qator gʻarbiy mamlakatlar PASEda Rossiya delegatsiyasining vakolatlarini cheklashga daʼvat qilishgan va ushbu taklif koʻpchillik tomonidan qoʻllab-quvvatlangan edi. Shundan soʻng Rossiya delegatsiyasi ushbu tashkilotni tark etgan edi.

Asosiy mavzular