14:18 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
 Gosudarstvennыy departament SSHA

Amerika Rossiyaga kiritilayotgan yangi sanktsiyalar haqida maʼlumot berdi

© Sputnik /
Siyosat
Havola olish
566 0 0

Sanktsiyalar AQSH savdo vazirligi tomonidan tasdiqlangan tovar va texnologiyalar roʻyxati doirasida eksportga doir qoʻshimcha cheklovlarni joriy etmoqda. Ular faqatgina ommaviy qirgʻin quroli bilan bogʻliq materiallarni qamrab oladi.

TOSHKENT, 3 avg - Sputnik. Rossiyaga nisbatan Skripallar ishi doirasida kiritilayotgan sanktsiyalar davlat qarziga cheklovlar hamda xalqaro tashkilotlarga Moskvaga kreditlarni taqdim etmaslik talabini oʻz ichiga oladi, deyiladi AQSH Davlat departamenti bayonnomasida. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

"Sanktsiyalarning ikkinchi raundi quyidagilarni oʻz ichiga oladi: AQSH Rossiyaga xalqaro moliyaviy tashkilotlar, jumladan Butunjahon banki va Xalqaro valyuta jamgʻarmasi tomonidan har qanday turdagi kredit, moliyaviy koʻmak yoki texnik yordam koʻrsatilishiga qarshi boʻladi", - deya taʼkidlangan idora bayonotida.

XVJ ayni vaqtda Rossiyada kreditlashni amalga oshirmaydi, AQSH bunda bosh rol oʻynovchi Butunjahon banki esa Moskva va Vashingtonning Ukraina boʻyicha kelishmovchiliklari fonida yangi loyihalarga cheklov kiritgan.

Bundan tashqari, yaanktsiyalar AQSH savdo vazirligi tomonidan tasdiqlangan tovar va texnologiyalar roʻyxati doirasida eksportga doir qoʻshimcha cheklovlarni joriy etmoqda. Ular faqatgina ommaviy qirgʻin quroli bilan bogʻliq materiallarni qamrab oladi.

"Davlatga qarashli yoki davlat tomonidan moliyalashtiriladigan Rossiya kompaniyalariga ushbu materiallar eksportiga litsenziya berish taʼqiq prezumptsiyasidan kelib chiqqan holda koʻriladi", - deyiladi davlat departamenti bayonotida.

Shu bilan birga mavjud shartnomalarni amalga oshirish borasida cheklov qoʻyilmagan.

Sanktsiyalarning birinchi paketidagi holatda boʻlgani kabi, yangi cheklovlar 15 kundan soʻng, ular haqida AQSH kongressi xabardor etilgach, yaʼni 19-avgustda kuchga kiradi. Bu sanktsiyalar kamida 12 oy amal qiladi, deb maʼlum qilmoqda davlat departamenti.  Moskva xalqaro inspektorlarga "kimyoviy quroldan foydalanmaslik kafolatini" namoyish etgan va "Solsberidagi hujum qurbonlari uchun badal" toʻlovini amalga oshirgan taqdirdagina cheklovlar bekor qilinishi mumkin.

Rossiyaga qarshi yangi amerika sanktsiyalari

Sal oldin AQSH Skripallar ishi tufayli Rossiyaga qarshi sanktsiyalarning ikkinchi paketini kiritayotgani maʼlum boʻldi. Qoʻshma Shtatlar taʼkidiga koʻra, Moskva amerika qonuni doirasida talab etilgan kafolatlarni taqdim qilmagan. Vashington Moskvani bajarmaganlikda ayblayotgan "Kimyoviy va biologik qurol ustidan nazorat toʻgʻrisidagi" qonun doirasida kiritilgan birinchi paket sanktsiyalar 2018 yilning 27 avgustida kuchga kirgan edi.

TIV vakili Mariya Zaxarovaga koʻra, Skripallar ishida koʻrinib turgan "ochiq fitna"ga qaramay, ushbu holatdan AQShning "Kimyoviy va biologik qurol ustidan nazorat toʻgʻrisidagi" qonuni doirasida sanktsiya kiritish uchun bahona hamda Oq uyning maxsus ijro buyrugʻi sifatida foydalanilmoqda.

Diplomat shuningdek, Kimyoviy qurolni taʼqiqlash toʻgʻrisidagi konventsiyaga muvofiq, Rossiya bu qurol zaxiralarini allaqachon yoʻq qilgani va xalqaro inspektorlar bunga koʻp martalab amin boʻlganliklarini eslatib oʻtgan.

Solsberi hodisasi

2018 yil mart oyida Buyuk Britaniyaning Solsberi shahrida Bosh razvedka boshqarmasi sobiq ofitseri Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlangan edi. Ushbu hodisa yirik xalqaro janjalni keltirib chiqardi.

London yuz bergan hodisada Rossiya qoʻli borligini aytib chiqqan boʻlsa, Moskva shu kunga qadar bu ayblovlarni inkor etib kelmoqda.

Asosiy mavzular