14:02 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00

Yaponiya Kuril orollarida mashgʻulot oʻtkazgani uchun Rossiyaga protest bildirdi

© Sputnik / Andrey Shapran
Siyosat
Havola olish
366 0 0

Rossiya va Yaponiya muloqotiga tinchlik kelishuvi yoʻqligi uzoq yillardan buyon soya solib keladi.

TOSHKENT, 5 avg - Sputnik. Yaponiya Kunashir orolida oʻq otish mashgʻulotlarini oʻtkazgan Rossiyaga diplomatik kanal orqali protest bildirdi, deb xabar qildi Vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosixide Suga. RIA Novosti xabari asosida.

Uning soʻzlariga koʻra, Tokio beshinchi avgustdan oʻninchiga qadar oʻtkaziladigan manyovrlar haqida maʼlumot toʻplamoqda.

"Rossiya shimoliy sarhadlarda oʻz harbiy salohiyatini kuchaytirayotgani bizning pozitsiyamizga toʻgʻri kelmaydi va bunga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi", - deb qayd etgan Suga.

Ilgariroq Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Yaponiya Rossiyaning Janubiy Kurillarda harbiy faolligi tufayli bildirgan tashvishiga javoban, qurollangan kuchlar oʻz hududida harakat qilishayotgani haqida gapirgan edi.

Kuril masalasi

Rossiya va Yaponiya muloqotiga tinchlik kelishuvi yoʻqligi uzoq yillardan buyon soya solib keladi.

Yaponiya 1855 yildagi savdo va chegaralar toʻgʻrisidagi traktatga tayanganib Kunashir, Shikotan, Iturup va Xabomai orollariga daʼvogarlik qilib kelmoqda. Tokioga koʻra, Ikkinchi jahon urushidan keyin imzolanmagan tinchlik bitimi faqatgina shu orollar qaytarilgach imzolanishi mumkin.

Moskva pozitsiyasiga koʻra, janubiy Kuril orollari Ikkinchi jahon urushi yakunlari boʻyicha SSSR tarkibiga kirgan va tegishli xalqaro-huquqiy hujjat mavjudligi bois, Rossiyaning ushbu orollar ustidan suvereniteti shubha ostiga olinishi mumkin emas.

2018-yil noyabrda Singapurda Vladimir Putin va Sindzo Abe uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Tomonlar 1956-yilgi Qoʻshma deklaratsiya asosida muzokara jarayonini tezlashtirishga kelishdilar, bu esa Yaponiya tomoni ushbu masalada jiddiy yon bosganligini anglatadi.

Asosiy mavzular