14:29 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Uzbekskiye injenerы prolojili sebe put k tretyemu mestu pyedestala pocheta

“ArMI — 2019”: Oʻzbekistonlik muhandis-sapyorlar uchinchi oʻrinni egalladi

© Ministerstvo oboronы Uzbekistana.
Siyosat
Havola olish
Xalqaro armiya oʻyinlari-2019 (26)
151 0 0

11 avgust kuni beshinchi bor oʻtkazilayotgan Xalqaro armiya oʻyinlarining “Xavfsiz marshrut” yoʻnalishi yakuniga yetdi.

TOSHKENT, 13 avg - Sputnik. Oʻzbekistonlik muhandis-sapyorlar Xalqaro armiya oʻyinlarining “Xavfsiz marshrut” yoʻnalishida uchinchi oʻrinni egalladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar qildi.

Rossiya Federatsiyasining Tyumen viloyatida joylashgan dala-oʻquv maydonida boʻlib oʻtgan yarim final bahsida kurash olib borgan oʻzbekistonlik harbiylar xalqaro musobaqaning birinchi kunidan marrani qoʻldan boy bermaslikka harakat qildi.

Harbiy musobaqa shart-sharoitlari jang holatiga maksimal yaqin boʻlishi uchun 6000 metrga yaqin bellashuv yoʻlagiga 250 dan ziyod imitatsion, signal va portlovchi-yonuvchi zaryadlardan iborat elektroportlovchi tarmoq yotqizib chiqilgan edi. Musobaqaga yanada shiddat va keskinlik olib kirish uchun Su-24 front bombardimonchisi va Mi-8 transport-jangari vertolyotlarining shartli aviazarbalari bilan bellashuv boshlandi. Belarus, Vyetnam, Oʻzbekiston hamda Rossiya jamoalari oʻrtasida oʻtkazilgan final bosqichi qizgʻin bahslarga boy kechdi.

Xususan, vertolyot maketidan desantlashtirilgan holatida tushish,  osma koʻprik va setkali devor toʻsiqlaridan oʻtish, binoni portlatib, ishgʻol qilish, sim toʻsiqli mina maydonini tozalash hamda suvli toʻsiqlardan oʻtish shartlarida oʻzbek muhandis-sapyorlari peshqadamlik qildi.

Oʻzbekistonliklar uzunligi 30 va 6 metr boʻlgan hududni minalardan tozalash, uzunligi 40 metr boʻlgan suv havzasiga TMM-3 (ogʻir mexanizatsiyalashgan koʻprik) texnikalari yordamida koʻprik oʻrnatib, shaxsiy tarkibga yoʻl ochish shartlaridagi aniq harakatlari tomoshabinlar olqishiga sazovar boʻldi. BAT-2 yoʻl quruvchi va IMR-2 toʻsiqlardan oʻtish muhandislik texnikasi yordamida berilgan shartlarni toʻlaqonli bajarishga harakat qilishdi. 

Yakuniy natijalarga koʻra, jamoa mazkur musobaqada uchinchi oʻringa loyiq deb topildi. Rossiya  birinchi, Belarusga esa ikkinchi oʻrin nasib etdi.

Shuningdek, mazkur musobaqa davomida BAT-2 yoʻl quruvchi muhandislik texnikasi ekipaji aʼzolari – mexanik-haydovchi, shartnoma boʻyicha harbiy xizmat oddiy askari Shavqiddin Narzullayev va BAT-2 yoʻl quruvchi muhandislik texnikasi hisobi, kichik serjant Feruz Guchchiyev “ArMI-2019” xalqaro armiya oʻyinlarining “Xavfsiz marshrut” musobaqasida “Eng ilgʻor BAT-2 ekipaji” nominatsiyasi gʻolibi deya eʼtirof etildi. 

Eslatib oʻtamiz, III va IV Xalqaro armiya oʻyinlarining “Xavfsiz marshrut” musobaqalarida ham oʻzbekistonlik harbiylar 3-oʻrinlarni qoʻlga kiritgan edi.

Mavzu:
Xalqaro armiya oʻyinlari-2019 (26)

Asosiy mavzular