04:56 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Siyosat
Havola olish
199 0 0

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 2019 yilning 21-29 sentyabr kunlari AQShga tashrif buyuradi.

TOSHKENT, 20 sen – Sputnik. Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 2019 yilning 21-29 sentyabr kunlari AQShga tashrif buyuradi. Bu haqda TIV xabar qildi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi BMT Bosh assambleyasining 74-sessiyasida, jumladan, Eʼtiqod erkinligini himoya qilish Global chaqiruvi taqdimotiga bagʻishlangan yuqori darajadagi tadbirda, Iqlim taʼsirlari boʻyicha BMT Sammitida, “Markaziy Osiyo – AQSH” (“C5+1”) shaklida va Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengashining (OHICHK) vazirlar uchrashuvlarida ishtirok etadi.

Bundan tashqari, Nyu-York shahrida xorijiy mamlakatlar delegatsiyalari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazilishi moʻljallangan.

Xabarda tashrif dasturida Vashington shahrida AQSH rasmiy shaxslari bilan muzokaralar oʻtkazish va Oʻzbekiston-AQSH kun tartibi masalalarini muhokama qilish ham koʻzda tutilgani qoʻshimcha qilingan.

Asosiy mavzular