08:47 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i predsedatel pravitelstva RF Dmitriy Medvedev

Mirziyoyev va Medvedev uchrashuvi: qanday masalalar muhokama qilindi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Siyosat
Havola olish
114430

Oʻzbekiston prezidenti Rossiya Federatsiyasi hukumati raisini qabul qildi. Uchrashuvda Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish borasidagi oʻzaro intilish qatʼiy ekani tasdiqlandi.

TOSHKENT, 1 noya – Sputnik. 1 noyabr kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Dmitriy Medvedevni qabul qildi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

© Sputnik / Aleksandr Astafyev

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va kooperatsion aloqalar izchil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Neft-gaz, energetika, transport, qishloq xoʻjaligi va boshqa tarmoqlarda istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda. Hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvlar, jumladan, fan, taʼlim va turizm sohasidagi sheriklik kengaymoqda.

Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Tomonlarning BMT, SHHT, MDH va boshqa koʻp tomonlama tuzilmalar doirasida hamkorlikni mustahkamlashga intilishi taʼkidlab oʻtildi.

Boʻlajak oliy darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish masalalari ham muhokama qilindi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish borasidagi oʻzaro intilish qatʼiy ekani tasdiqlandi.

Asosiy mavzular