09:36 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Tanzila Narbayeva vstretilas s predsedatelem Senata Parlamenta Respubliki Kazaxstan Darigoy Nazarbayevoy.

Dariga Nazarboyeva: Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda Qozogʻistonning muhim strategik hamkori

Press-slujba Senata Oliy Majlisa RUz
Siyosat
Havola olish
135 0 0

Tanzila Norboyeva Qozogʻiston Parlamenti Senati raisi Dariga Nazarbayeva bilan uchrashdi. Uchrashuvda keng koʻlamli masalalar muhokama etildi.

TOSHKENT, 5 noya — Sputnik. Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva Qozogʻiston Parlamenti Senati raisi Dariga Nazarboyeva bilan uchrashdi. Uchrashuvda keng koʻlamli masalalar muhokama etildi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar qildi.

Oʻzaro samarali hamkorlik va ishonch printsiplari asosida Qozogʻiston hamda Oʻzbekiston oʻrtasida rivojlanayotgan doʻstona munosabatlarni tilga olib, Tanzila Norboyeva Oʻzbekiston rahbariyati barcha sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga alohida eʼtibor berayotganligini taʼkidladi.

“2017-2019 yillarda Oʻzbekiston va Qozogʻiston iqtisodiy hamkorligi strategiyasining izchil bajarilishi ikki mamlakat strategik manfaatlarining umumiyligiga asoslangan oʻzaro foydali va samarali hamkorlikni boyitishga xizmat qildi. Oʻzbekistonda Qozogʻiston kapitali ishtirokida 733 ta korxona faoliyat koʻrsatmoqda. 2019 yil yanvar-sentyabr oylari davomida oʻzaro savdo hajmi 2,6 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi va 23,2 foizga oshdi, shuningdek transport va tranzit tashish sohasi sezilarli rivojlanmoqda”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Tanzila Norboyeva ikki tomonlama hamkorlikni qonunchilik nuqtai nazaridan taʼminlash boʻyicha birgalikda olib boriladigan boʻlajak ishlar muhimligiga urgʻu bergan. Bunda qonun ijodkorligi yuzasidan tajriba almashish uchun hamkorlik boʻyicha parlament guruhlarining va parlamentlar tegishli qoʻmitalarining salohiyatidan amaliy foydalanish taklif etildi.

Qozogʻiston parlamenti Senati raisi Dariga Nazarboyeva oʻz nutqida Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda Qozogʻistonning muhim strategik hamkori ekanligini taʼkidladi.

“Bugun Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi munosabatlar barcha sohalarda ildam rivojlanmoqda. Bunda Qozogʻistonning birinchi prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev va Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev xizmati asosiy oʻrin tutadi”, – dedi Qozogʻiston Senati raisi.

Uchrashuv doirasida “2019-2020 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Senati oʻrtasida parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha amaliy tadbirlar rejasi (“Yoʻl xaritasi”) imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Tanzila Norboyeva 4—5 noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Qozogʻistonda boʻlishi haqida xabar qilgan edik.

Asosiy mavzular