01:22 07 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Shavkat Mirziyoyev prinyal mera Dushanbe Rustama Emomali

Mirziyoyev Rustam Emomalini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.
Siyosat
Havola olish
345 0 0

Rustam Emomali Mirziyoyevga Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

TOSHKENT, 3 dek — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Dushanbe shahri raisi Rustam Emomalini qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Uchrashuv avvalida davlat rahbari Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlari keyingi yillarda izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Qayd etilishicha, ikki qardosh mamlakat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli koʻp qirrali hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish taʼminlangani, Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida strategik sheriklik yoʻlga qoʻyilgani alohida taʼkidlandi.

Xokim Tashkenta Djaxongir Artыkxodjayev vstretilsya s predsedatelem goroda Rustamom Emomali
© Press-slujba xokimiyata g. Tashkent.

Rustam Emomali qabul uchun samimiy minnatdorlik bildirib, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda mamlakatlar poytaxtlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Shaharni boshqarish va infratuzilmani rivojlantirish, "yoʻl xaritasi" asosida qoʻshma kooperatsiya loyihalari va madaniy-gumanitar hamkorlik dasturlarini amalga oshirish kabi yoʻnalishlarda muntazam muloqotni yoʻlga qoʻyish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Emomali Rahmonning toʻngʻich oʻgʻli, Dushanbe shahri raisi Rustam Emomali Toshkentga kelgani va Toshkent shahar hokimi bilan uchrashgani xabar qilingan edi.

Mavzu boʻyicha

Mirziyoyev va Rahmon boʻlajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasini koʻrib chiqdilar
Toshkent va Dushanbe munosabatlarni yanada rivojlantiradi
Emomali Rahmon Toshkentga keldi
Teglar:
Rustam Emomali, Shavkat Mirziyoyev, Oʻzbekiston-Tojikiston

Asosiy mavzular