23:04 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Siyosat
Havola olish
107 0 0

Ikki davlat tashqi ishlar vazirlari 2020 yilda boʻlib oʻtadigan oliy va boshqa darajalardagi uchrashuvlar jadvali, qoʻshma tadbirlar oʻtkazish muddatlari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqdilar.

TOSHKENT, 14 yanv — Sputnik. Dehli shahriga amaliy tashrif bilan kelgan Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Hindiston Tashqi ishlar vaziri Subrahmanyam Jaishankar bilan uchrashdi.

Suhbat boshida Oʻzbekiston TIV rahbari Hindiston Tashqi ishlar vazirligi shafeligida oʻtkazilayotgan “Raisina Dialogue” beshinchi xalqaro konferentsiyasiga taklif uchun minnatdorlik izhor etdi.

Taʼkidlanishicha, uchrashuvda prezident Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Narendra Modi oʻrtasidagi muhim kelishuvlarga asoslangan Oʻzbekiston-Hindiston hamkorligining holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Vazirlar 2020 yilda boʻlib oʻtadigan oliy va boshqa darajalardagi uchrashuvlar jadvali, qoʻshma tadbirlar oʻtkazish muddatlari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqdilar.

Oʻzbekiston va Hindiston iqtisodiy sohadagi hamkorlikni kengaytirishga ustuvor ahamiyat berishi taʼkidlandi.

TIV matbuot xizmati xabariga koʻra, Afgʻoniston masalasiga alohida eʼtibor qaratilgan. Oʻzbekiston va Hindistonning Afgʻonistondagi vaziyatni tezroq barqarorlashtirishdan manfaatdorligi tasdiqlangan. Bu esa mintaqadagi hamkorlikni faollashtirish va kengaytirish uchun keng imkoniyatlarni ochib berishi qayd etilgan.

Ushbu maqsadlarga erishishga 2019 yil yanvar oyida Samarqand shahrida ilk bor oʻtkazilgan tashqi ishlar vazirlari darajasida Afgʻoniston ishtirokidagi “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqoti majlislarining muntazam oʻtkazilishi ham koʻmaklashadi.

Xabarda uchrashuvda madaniy-gumanitar, ayniqsa, taʼlim va fan sohalaridagi aloqalarni mustahkamlash istiqbollari muhokama qilingani qoʻshimcha qilingan.

Teglar:
Abdulaziz Kamilov, Hindiston, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular