21:47 19 Yanvar 2020
Efir
  • RUB156.59
  • EUR10620.45
  • USD9550.76
Siyosat
Havola olish
Sergey Lavrovning 2020 yil 15-16 yanvar kunlari Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi (8)
104230

Rossiya tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchisi Sergey Lavrov MGIMO Toshkent filiali talabalari va oʻqituvchilari oldida chiqish qildi. Uchrashuv qatnashchilari unga savollar berish imkoniga ega boʻlishdi, shu jumladan oʻtkir savollarni ham.

TOSHKENT, 16 yanvar - Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Sergey Lavrov oʻzbekistonlik jurnalistning yangi maqomi haqidagi savoliga diplomatik tarzda hazilomuz javob berdi.

MGIMOning Toshkentdagi filialida chiqish qilganida, Oʻzbekiston telekanallaridan birining bosh muharriri Lavrovga bugungi kunda eng koʻp muhokama qilinayotgan ikkita savolni berdi: vazirning yangi maqomi va uning kelajagi, shuningdek, Moskva va Toshkentning Oʻzbekistonning YEOIIga qoʻshilishi boʻyicha muzokaralari haqida.

"Siz jurnalistmisiz?" - deb soʻradi Lavrov. "MGIMOga oʻqishga kiring. Mening vazifani bajaruvchi maqomim haqidagi savolingizga kelsak, shuni aytmoqchimanki, men MGIMOni tugatganimdan beri oʻz vazifamni halol va vijdonan bajarganman".

Lavrov Oʻzbekistonning YEOIIga aʼzo boʻlishi boʻyicha muzokaralar qanday bosqichda olib borilayotgani haqidagi savolga javob berar ekan, yakuniy qarorni respublika prezidenti va parlamenti qabul qilishini taʼkidladi. Jurnalist Lavrov va Mirziyoyevning Toshkentdagi bugungi uchrashuvida nimani kelishib olganliklarini aniqlashtirishga harakat qilganida, rus diplomati tabassum bilan: "Aytyapmanku: MGIMOga oʻqishga kiring", deya javob berdi.

Bir qator savol-javoblardan soʻng, Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Sergey Lavrovga "oʻz vazifasini yana uzoq yillar muvaffaqiyatli bajarishini" tilab qoldi. Tomoshabinlar bu soʻzlarni qarsaklar bilan kutib olishdi va rus diplomati jilmayib, eʼtibor uchun minnatdorchilik bildirdi.

15-16 yanvar kunlari Rossiya tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchisining Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi boʻlib oʻtmoqda. Tashrif davomida Lavrov oʻzbekistonlik hamkasbi Abdulaziz Komilov bilan muzokaralar olib bordi va uni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham qabul qildi.

Tomonlar iqtisodiyot, xavfsizlik, atom energetikasi va gumanitar hamkorlik sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Mavzu:
Sergey Lavrovning 2020 yil 15-16 yanvar kunlari Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi (8)

Asosiy mavzular