12:14 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Siyosat
Havola olish
73910

Hukumat komissiyasiga berilgan koʻrsatmalar asosida suv bosgan hududlarni tozalash, qurilish va taʼmirlash, turmush maromini yoʻlga qoʻyish boʻyicha uzluksiz ish davom etmoqda.

TOSHKENT, 2 may - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev jabrlanganlardan koʻngil soʻradi va Toshkentga qaytib keldi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot-xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev s rabochey poyezdkoy v Sыrdarinskoy oblasti, gde proizoshlo navodneniye
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana

"Prezident Shavkat Mirziyoyev Sardobadagi favqulodda hodisa sababli Guliston shahriga evakuatsiya qilingan odamlar bilan muloqot qilib, ulardan koʻngil soʻradi. Hech kim eʼtibordan chetda qolmasligi, hammaga gʻamxoʻrlik koʻrsatilishini taʼkidladi", - deyiladi xabarda.

Hukumat komissiyasiga berilgan koʻrsatmalar asosida suv bosgan hududlarni tozalash, qurilish va taʼmirlash, turmush maromini yoʻlga qoʻyish boʻyicha uzluksiz ish davom etmoqda.

Eslatib oʻtamiz, kuni kecha erta tongda, Sardoba suv omboridagi toʻgʻondan suv siza boshlagani, aholining bir qismi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan evakuatsiya qilingani haqida xabarlar tarqaldi.

Soʻngra Sardoba tumani Qoʻrgʻontepa aholi yashash punktiga suv kirgani maʼlum boʻldi.

Suv omboridagi avariyadan soʻng voqea joyiga zudlik bilan prezident Shavkat Mirziyoyev va bosh vazir Abdulla Aripov yetib borgan edi.

Davlat rahbari 1 may kuni Oqoltin tumanida aholi bilan boʻlgan muloqotda "sharoit yaxshilanmagunicha, rahbarlarning birortasi, men bosh, hech qayerga ketmaydi", deb aytgan.

Taʼkidlashlaricha, avariyaga kuchli yomgʻir va shamol sabab boʻlgan.

Sodir boʻlgan favqulodda vaziyat yuzasidan FVVda koll-tsentr faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Qoʻngʻiroqlar 1205 va 1250 qisqa telefon raqamlari orqali qabul qilinmoqda.

Asosiy mavzular