00:53 30 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Siyosat
Havola olish
Gʻalabaning 75 yilligi (59)
59710

Bunday pozitsiya sovet va amerika askarlarining 1945 yilda Elbada uchrashuvi sanasini nishonlash vaqtida qabul qilingan qoʻshma bayonotga ziddir, deb hisoblaydi Rossiya TIV

TOSHKENT, 10 may — Sputnik. Gʻalabaning 75 yilligi bayram qilinayotgan vaqtda AQShning Ikkinchi jahon urushi yakunlarini oʻzgartirishga urinishi oʻta nafratlanarli holdir, deya bayonot qildi Rossiya tashqi ishlar vazirligi.

Idora vakillari taʼkidiga koʻra, ular amerika tomoni bilan bu borada jiddiy muloqot oʻtkazishni rejalashtirishmoqda.

Rossiya diplomatlari soʻzlariga koʻra, faqat Buyuk Britaniya va AQSH nomini natsizm gʻoliblari sifatida tilga olgan Oq uyda fashist Germaniyasini tor-mor qilishda Sovet ittifoqining inkor etib boʻlmas roli va ulkan yoʻqotishlarga duch kelgan Qizil armiyani eslatib oʻtish uchun "jasorat va xohish" topilmagan.

Qoʻshma Shtatlar rasmiy vakillarining bu boradagi soʻzlari ham "oʻta qurumsoqlik" bilan aytilgan, deb qoʻshimcha qilgan Rossiya TIV. Bunday pozitsiya sovet va amerika askarlarining 1945 yilda Elbada uchrashuvi sanasini nishonlash vaqtida qabul qilingan qoʻshma bayonotga ziddir. Hujjatda ikki davlat yetakchilari Moskva va Vashingtonning dushmanni magʻlub etishga qaratilgan umumiy urinishlarini qayd etib oʻtganlar.

Rossiya TIV fikricha, tarixning bunday sahifalarini inkor etib boʻlmaydi. Idora, shuningdek, Oq uyning instagramda eʼlon qilingan posti ostida butun dunyodan boʻlgan foydalanuvchilar qoldirgan eʼtirozli izohlarga eʼtibor qaratganlar.

"Eʼtiborga molik tomoni, ularning toʻgʻri va tarixiy faktlarga asoslangan izohlari oʻchirilib borilmoqda" - deyiladi xabarda.

Oʻz navbatida Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Donald Tramp administratsiyasi tomonidan aytilgan bunday gaplarga chidab boʻlmasligini taʼkidladi.

Qoʻshma Shtatlar oʻzlarini bir necha marotaba "ozod dunyo yetakchisi" deb atagan va feyklarga qarshi kurashgan, ammo endilikda sogʻlom idrok ustidan kulib, tarixning soxtalashtirilishiga yoʻl qoʻyishmoqda.

Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov Oq uy tomonidan eʼlon qilingan postga izoh berar ekan, hatto "kimda-kim tarix saboqlarini qayta koʻrib chiqishni istasada" Rossiya SSSRning Ikkinchi jahon urushidagi roli haqida unutib qoʻyishlariga yoʻl qoʻyib bermasligini maʼlum qildi.

Antonov Qoʻshma Shtatlarning dezinformatsiyaga yoʻgʻrilgan kampaniyasini nomaʼqul va tahqirlovchi, deb atadi.

"Men oʻylaymanki, biz sukut saqlab turishimiz nojoiz. Biz bu haqda gapirishimiz kerak, ammo hotirjam, dalillar yordamida oddiy amerikalik, Yevropadagi oddiy odamlarga aynan sovet askari Yevropani ozod etgani, sovet askari Yevropa va Sovet ittifoqining mustaqilligining himoya qilganini yetkazishimiz kerak", - deb xotima qildi diplomat.

Oq uy eʼlon qilgan post

Kuni kecha amerika yetakchisining akkauntida video ommaga eʼlon qilindi. Videoda Ikkinchi jahon urushi davrida natsizm ustidan faqatgina AQSH va Britaniya gʻalaba qozongani aytilgan edi.

Shu bilan birga Sovet ittifoqining fashistlarni tor-mor etishdagi roli umuman yodga olinmagandi.

Ushbu post nafaqat rossiyaliklar, balki chet davlat fuqarolarining ham keskin eʼtiroziga sabab boʻldi. Ular Oq uyning posti tagida sovet jangchilari Reyxstag ustida Gʻalaba Bayrogʻini oʻrnatayotgani aks etgan fotosuratlarni qoldira boshladilar.

Mavzu:
Gʻalabaning 75 yilligi (59)

Asosiy mavzular