16:45 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Siyosat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1284)
892 0 0

Prezident hayot davom etayotgani tufayli endi pandemiya sharoitida yashashga, mehnat qilishga oʻrganish shartligini taʼkidladi.

TOSHKENT, 14 iyul - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun oʻtkazilayotgan videoselektor yigʻilishi avvalida mamlakatdagi epidemiologik vaziyatga alohida toʻxtaldi va Oʻzbekistonda bu kasallikka qarshi kurash uchun barcha zaxira va imkoniyatlar mavjudligini aytdi.

"Xabaringiz bor, mamlakatimizda koronavirusga chalinganlar soni koʻpayib borayotgani munosabati bilan biz karantin talablarini yana kuchaytirishga majbur boʻldik. Nega deganda, ochiq aytish kerak, hozirgi kunda butun dunyo koronavirus deb nom olgan mana shu tilsiz yov, koʻzga koʻrinmas dushmanga qarshi urush holatida turibdi. Urushga kirgan har qaysi davlat, har qaysi xalq oʻz yurtini, oʻz aholisini himoya qilish uchun barcha choralarni koʻradi. Eng avvalo, xavf-xatarning yoʻlini berkitadi, temir intizom oʻrnatadi. Qatʼiy safarbarlik sharoitida yashash va ishlashga oʻtadi. Bugun biz ham ayni shunday holatdamiz", - dedi prezident.

Mirziyoyevga koʻra, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan vaziyat muntazam tahlil qilinib, infektsiyani jilovlash yuzasidan barcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Fidoyi va jasur shifokorlar oʻz burchini sadoqat va matonat bilan bajarayotgani taʼkidlab oʻtildi.

"Takror aytaman, biz endi pandemiya sharoitida yashashga, mehnat qilishga oʻrganishimiz shart. Chunki hayot davom etmoqda. Hayot bizdan aql-idrok, sabr-toqat, metin intizom bilan harakat qilishni talab etmoqda. Oʻzimiz koʻryapmiz, dunyoda qaysi davlatda tibbiy madaniyat, tartib-intizom kuchli boʻlsa, oʻsha mamlakat pandemiyadan eng kam talofat bilan chiqmoqda. Biz ham shu yoʻldan borishimiz shart. Albatta, oʻtgan 4 oy davomida odamlarimiz koʻp narsaga oʻrgandi. Bizda ham maʼlum bir tajriba paydo boʻldi", - dedi davlat rahbari.

Tahlillar koronavirus bilan zararlanishning oldini olish, kasallikni erta aniqlash, simptomsiz va yengil kechayotgan bemorlar bilan olib borilayotgan davolash va nazorat tadbirlarini amalga oshirishda yangi strategiyalarni qoʻllashni talab qilmoqda.

Respublika maxsus komissiyasi bu borada tezlik bilan barcha zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish topshirildi.

Shu maqsadda, [Bosh vazir oʻrinbosari Behzod] Musayev, [Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher] Shodmonov bir kun muddatda amaldagi test-tahlil topshirish jarayonini qayta koʻrib chiqib, aholi uchun qulay tizimni ishlab chiqish majburiyati yuklatildi.

Viloyat, shahar va tumanlarda mahalliy kengashlar, joylardagi hokimlik va boshqaruv idoralari oʻz hududidagi vaziyatni chuqur tahlil qilib, Respublika komissiyasi bilan kelishilgan holda karantin qoidalarini qayerda zarur boʻlsa kuchaytirishi, qayerda zarur boʻlsa yumshatishi lozimligi taʼkidlandi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1284)

Asosiy mavzular