11:41 30 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Siyosat
Havola olish
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (58)
320 0 0

Moskva Amerika tomonining Doxa bitimi boʻyicha majburiyatlarni bajarishini olqishlaydi, dedi brifingda Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova.

Fevral oyida "Tolibon" radikal harakati va AQSH oʻrtasida tuzilgan kelishuv doirasida AQSH qoʻshinlari Afgʻonistondagi beshta bazani tark etdi, qoʻshinlar soni kamaydi, deya maʼlum qildi AQShning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Zalmay Xalilzad.

Voyennoslujaщiye armii SSHA v Afganistane
© Flickr / Program Executive Office Soldier

"Moskva eʼtiborini AQSH Mudofaa vazirligi rasmiy vakilining Afgʻonistondagi Amerika qoʻshinlari sonini Vashington va (Rossiyada taqiqlangan) "Tolibon" harakati oʻrtasida tinchlikka erishish toʻgʻrisidagi kelishuvda nazarda tutilgan darajagacha qisqartirish, shuningdek, beshta bazani afgʻon milliy xavfsizlik kuchlariga topshirish toʻgʻrisidagi bayonotiga qaratdi", - dedi Mariya Zaxarova har haftalik brifingda.

Uning taʼkidlashicha, Moskva Amerika tomonining Doxa bitimi boʻyicha majburiyatlarni bajarishini olqishlaydi.

"Biz AQSH, toliblarni va rasmiy Kobulni Afgʻonistondagi vaziyatni tartibga solish jarayoni doirasida qolgan kelishuvlarni amalga oshirishga chaqiramiz", - deya qoʻshimcha qildi Zaxarova.

Uning soʻzlariga koʻra, bu birinchi navbatda mahbuslarni almashish va toʻgʻridan-toʻgʻri afgʻonlararo muzokaralarni boshlash bilan bogʻliq.

"Ishonamizki, Afgʻonistondan xorijiy qoʻshinlarning toʻliq chiqarilishi va xalqaro hamkorlar yordamida toʻgʻridan-toʻgʻri afgʻonlararo muzokaralar olib borilishi koʻp yillik qonli urushga chek qoʻyadi va Afgʻonistonda uzoq muddatli tinchlik oʻrnatilishiga hissa qoʻshadi", - deya xulosa qildi Rossiya TIV vakili.

Mavzu:
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (58)

Asosiy mavzular