23:05 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Siyosat
Havola olish
93620

Muxolifat qon toʻkilishini, hozir hech kimga tegmayotgan kuch ishlatar tizimlari va namoyishchilar orasida fitna uyushtirishni istaydi, dedi Lavrov.

TOSHKENT, 23 avg - Sputnik. Belarus muxolifati prezident Aleksandr Lukashenko ketishini "Venesuela stsenariysi" boʻyicha amalga oshirishni istaydi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, "Territoriya smыslov" yoshlar forumida. 

"Muxolifat faqat bitta maqsad yoʻlida - Belorussiya prezidentini ketishini talab qilish uchun muzokaralar taklif qilmoqda. Undan soʻng ular oʻz dasturlarini taklif qila boshlaydilar. Bu xuddi Venesuelaga oʻxshaydi. U yerda ham amaldagi prezidentni bir zumda hukumatdan tashqarida deb eʼlon qilingan edi", - dedi Lavrov. 

Lavrov aytishiga qaraganda, belarus muxolifatining ayrim takliflari - umuman noqonuniy. Masalan, ularning kuch ishlatish tizimlariga qilingan "xalq tomoniga oʻtish" taklifi. Bu ushbu tizimlar qilgan qasamyodni buzishga undash bilan teng.

"Ushbu ishlarni boshqarayotgan kishilar oʻz jiddiy xatolarini tezda tushunishdi va bu gʻoyalar "soyaga" tortildi, lekin ular bir karra jaranglab boʻlgan edi", - deydi vazir. 

Hozir qoʻshni respublikada vaziyat barqarorlashmoqda, lekin bu narsa hammaga ham maʼqul emas. Gʻarbda yashayotgan ayrim belorussiyalik muxolifatchilar vaziyatga tashqaridan aralashmoqchi boʻlishmoqda. Ular qon toʻkilishini, hozir tinch namoyish oʻtkazayotgan muxolifatchilar va ularga tegmayotgan Belarus kuch ishlatar tizimlari orasida fitna uyushtirishni istaydi, dedi Sergey Lavrov.

Lavrov Ukrainada muxolifat va hukumat orasida olib borilgan muzokaralarda Gʻarb davlatlari (Germaniya, Polsha) hamda YEHXT oʻrtakashligining ayanchli oqibatlarini ham esga oldi. Oʻshanda barcha tomonlar guvohligida erishilgan bitimning ertasiga, muxolift - biz boshqacha boʻlishini xohlamaymiz, deb barcha kelishuvlarga zid yoʻl tutgan edi. 

Eslatib oʻtamiz, Belarusda 9 avgust kuni boʻlib oʻtgan prezidenti saylovida Aleksandr Lukashenko 80 %, muxolifatchi Tixanovskaya 10 % ovoz toʻplagan edi. Saylov natijalaridan norozi boʻlgan muxolifatchilar yangi saylovlar oʻtkazishni talab qilib, mamlakatda norozilik namoyishlari oʻtkaza boshladi.  Aleksandr Lukashenko yangi saylovlar faqat yangi konstitutsiya qabul qilinganidan soʻng oʻtkazilishini vaʼda berdi.

Asosiy mavzular