06:56 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Siyosat
Havola olish
55000

Lukashenkoning taʼkidlashicha, uni nafaqat televizor, balki dazmol va choynakdan ham koʻrsatishayotgani bilan, ayni vaqtda faqat u Belarusni himoya qila oladi

TOSHKENT, 8 sen — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko oʻz lavozimida "ehtimol, bir oz koʻp qolib ketganligini" tan oldi.

"Ha, ehtimol men bir oz ushlanib qoldim. Ehtimol, meni nafaqat televizor, balki dazmol va choynakdan ham koʻrsatishayotgandir. Ha. Lekin chindan ham faqat men hozir Belarusni himoya qila olaman", - dedi Lukashenko rossiyalik jurnalistlarga.

"Rossiya segodnya" XXA va RT bosh muharriri Margarita Simonyan, Belorus prezidenti unga va hamkasblari - "Birinchi kanal" muxbiri Anton Vernitskiy va "Rossiya 1" Yevgeniy Rojkovga, shuningdek, "Govorit Moskva" u, Roman Babayanga intervyu berganini aytgan edi. Tadbir Minskdagi Mustaqillik maydonida boʻlib oʻtgan.

Babayan oʻzining Telegram-kanalida yozishicha, Lukashenko konstitutsiyaviy islohotlar oʻtkazilgach muddatdan ilgari prezident saylovlari oʻtkazilishini istisno qilmagan. Ammo shu bilan birga, prezidentning aytishicha, agar u ketadigan boʻlsa, uning tarafdorlarini "soʻyishlari" aniq.

Davlat rahbari, muxolifatdagi muvofiqlashtirish kengashi bilan "u odamlarning kimligini bilmasligi" uchun muloqot qilmasligini aytdi. Lukashenkoning fikricha, ularning barcha takliflari xalq uchun fojiali tugashi mumkin.

Belarusdagi voqealar

Belarusdagi ommaviy protestlar 9 avgust kuni, prezident saylovlarida oltinchi marotaba Lukashenko gʻalaba qozongach boshlangan edi. MSK maʼlumotlariga koʻra, u 80,1 foiz ovoz olgan. Oppozitsiya saylovlarda Svetlana Tixanovskaya gʻalaba qozondi, deya hisoblaydi. Tixanovskayaning oʻzi mamlakatni tark etishga qaror qildi va Litvaga yoʻl oldi.

Aktsiyaning ilk kunlarida kuch tuzilmasi xodimlari protest qatnashchilariga nisbatan koʻz yosh chiqaruvchi gaz, vodomet, shovqin granatalari, rezina oʻqlarni ishlatishgan. Soʻngra, huquq tartibot organlari mitinglarni tarqatishni va kuch metodlaridan foydalanishni toʻxtatishdi.

Rasmiy maʼlumotlarga, ilk kunlarda 6,7 mingdan ziyod qoʻlga olingan. IIV xabariga koʻra, tartibsizliklar davomida yuzlab odamlar jabrlangan, jumladan, 120dan ortiq kuch xodimlari ham. Belarus hukumati maʼlumotiga koʻra, uch kishi qurbon boʻlgan.

Asosiy mavzular