02:35 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Siyosat
Havola olish
79210

Lukashenko Belarusdagi voqealarning tashqi va ichki sabablarini, namoyishchilarni kim va qanday boshqarib turganini aytib berdi.

TOSHKENT, 10 sen - Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko rossiyalik jurnalistlarga bergan katta intervyusida bugungi kunda mamlakatda sodir boʻlayotgan norozilik namoyishlarining tashqi va ichki sabablarini, ularni kimlar va qay tarzda uyushtirayotganini batafsil aytib berdi. 

Tashqi sabablar

Belarus yetakchisining soʻzlariga koʻra tartibsizliklar AQSH tomonidan Polsha va Chexiyada tashikil qilingan boshqaruv markazlari orqali uyushtirilmoqda.

"Aslida Belarusda hech qanday destabilizatsiya boʻlgani yoʻq. Mana oʻzingiz kecha keldingiz, koʻrdingiz, hamma joy tinch, hamma joyda tartib saqlanmoqda, koʻchalar toza. Bizda odatda ish kunlarida ana shunday, faqat yakshanba kunlari odamlar biroz koʻchalarga chiqib yurishmoqda. ... Ularni esa Amerikaliklar Varshava yaqinidagi markazdan turib boshqarib turishibdi. Hammaga maʼlum telegram kanallar orqali. Yana bir markaz Cheiyada. Keyin Litva va afsuski Ukrainada ham ana shunday markaz yaratilmoqda.

Oʻzingiz koʻrdingiz, telegramdagi maʼlum kanalda kvadrat chizishdi, oddamlar oʻsha yerga borishdi. U yerda biroz turishganidan soʻng yana bir kvadrat chizishdi - odamla u tomon yurishdi. Keyin esa "Mustaqillik maydoniga boringlar" degan komanda berildi. Ular ana shunday boshqarilmoqda.

Bu bir tomondan, keyin bizni yana boshqa tomondan ham "qitiqlashmoqchi" boʻlishdi. Belarus chegarasi yaqinida keng koʻlamli NATO oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi. Biz shundan soʻng chegaramizning Rossiyadan boshqa barcha tomonini qoʻriqlashni kuchaytirdik. Hatto Ukraina tomonni ham", - dedi Belarus prezidenti.

Ichki sabablar

Aleksandr Lukashenko aytishiga koʻra, Belarusda norozilik namoyishlari uyushtirish uchun jiddiy ichki sabablar yoʻq. Chunki iqtisodiy tomondan Respublikada muammolar yoʻq. 

"Bizda iqtisod qiynalib boʻlsa ham ishlamoqda. Bu yil Qishloq xoʻjaliga va sanoat oʻsishi 7 %ni tashkil qildi. Pandemiya vaqtida YAIM bor yoʻgʻi 1,2%ga kamaydi. Yil oxirigacha 0% ga yetkazmoqchimiz. Balkim yetkazarmiz ham. Bizda aholining real daromadlari yarim yilda 5,4 %ga oʻsdi. Men bilishimcha Rossiyada ushbu koʻrsatgich kamaygan", - dedi Lukashenko. 

Prezident soʻzlariga jiddiy boʻlmagan ichki sabablardan biri - bu uning prezident lavozimida juda uzoq qolib ketishi boʻlishi mumkin. "Men ushbu lavozimda bizroz koʻproq qolib ketdim. Balkim aholining ayrim guruhlari joniga ham tekkandirman", - dedi Lukashenko.

Lukashenko fikriga koʻra, ichki sabablarning asosiysi - bu mamlakatda burjuylar, yaʼni boy kishilar va IT sohasida ishlaydiganlar paydo boʻlishi. 

"Bizda burjuychalar paydo boʻlgan, boy kishilar, aytishniklar. Ularni men oʻzim mana shu qoʻllarim bilan katta qilganman. Ularga dunyoning hech qayerida yoʻq boʻlgan sharoitlarni yaratib berganman. Mana shu toifadagi boy badavlat hashamatli uylarda yashaydigan odamlarga hokimiyat kerak boʻlib qoldi", - dedi Belarus prezidenti.  

Lekin burjuychalar yashirinmoqda. Namoyishlarda ularning quloqlari koʻrinmayapti. Birorta ham xususiy korxona norozilik namoyishlariga chiqqani yoʻq. Chunki ularda muammo yoʻq. Agar ishchilarning oyligi berilmaganida edi - ularni toʻxtatib boʻlmasdi. 

Mening aybim shundaki, bizning OAVlar Telegram-kanallarda tarqatilayotgan mish-mish va uydirmalarga qarshi raqobatchilik qila olmayapti. Men rostgoʻy siyosat va rostgoʻy OAV tarafdoriman, - dedi Lukashenko. 

"Bunday voqea Rossiyada ham boshqa joyda ham kutilmaganda sodir boʻlishi mumkin. Bizda bundan boʻlishini hech kim kutmagandi. Ular telegram kanallar orqali yoshlarning miyasiga shunday chuqur kirib olishini hech kim kutmagandi. Sizu biz kattalar har narsaga ishonmavermaymiz, lekin yoshlarchi?

Bugun ular bilan hech kim shugʻullanmaydi. Na madaniyat, na boshqa tomondan. Hamma narsa internet orqali. Balkim biz yangi avlodni qoʻldan chiqardik yoki hayot oʻzgargan. Lekin biz kurashishimiz kerak. oʻzimiz uchun emas ular uchun kurashishimiz kerak. Aks holda oʻz hayotimiz davomida buning oqibatini koʻramiz.

Ana shunday qilib, tinch va osoyishta Belarusda bugun siz koʻrib turgan voqealar boʻlmoqa",- deydi Lukashenko. 

Belarus prezidentining Rossiya OAVlariga bergan intervyusining toʻliq koʻrinishda quyida tanishing. 

 

 

Asosiy mavzular