00:59 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Siyosat
Havola olish
216062

Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Valday" munozaralar klubida chiqish qilib, Rossiya dushmanlari, prezidentlikda qolishi imkoniyati, pandemiya, iqtisod, sanktsiyalar haqida fikr bildirdi. Prezident chiqishidan asosiy fikrlar

TOSHKENT, 23 okt — Sputnik. Vladimir Putin "Valday" munozaralar klubi yigʻilishida ishtirok etdi, prezident video-aloqa orqali chiqish qildi. Joriy yil mavzusi — "Pandemiya saboqlari va yangi kun tartibi: jahon inqirozini dunyo uchun qanday qilib imkoniyatga aylantirish mumkin".

Davlat rahbarining muhim bayonotlari - RIA Novosti materialida.

"Rossiyani soʻnishi"ni kutish haqida

Oʻz chiqishida Putin ayrim davlatlarning Rossiyani holdan toyishiga umid qilishlari boʻyicha fikr bildirdi.

"Davlatimizni mustahkamlar ekanman, dunyoda va boshqa davlatlarda nimalar roʻy berayotganini koʻrib, Rossiyaning sekin-asta soʻnishini kutayotganlarga shuni aytmoqchiman: bizni hozirgi holatda bir narsa tashvishga solmoqda: dafn marosimingizda shamollab qolmasak goʻrgaydi".

Prezident Rossiya oʻzining aqliy, hududiy, iqtisodiy va harbiy imkoniyatlari va salohiyatini adekvat baholashini taʼkidlab oʻtdi.

Pandemiya haqida

COVID-19  haqida gapirar ekan, Putin, koronavirus chekinmaganini, dunyo barcha sohalarda "tektonik siljishlar" boʻsagʻasida turganini aytdi.

"Koronavirus epidemiyasi jamoat, biznes, xalqaro hayotni jiddiy oʻzgartirdi. Har bir insonning odatiy hayot tarzini butkul oʻzgartirib yubordi".

Putin Rossiya fuqarolari bilan, ayniqsa, shifokorlar va ularning bir-biriga yordamga kelish xususjihatlari bilan faxrlanishini taʼkidladi.

"Pandemiya inson hayotining oʻta moʻrtligini eslatdi. Biz yashayotgan va texnologik jihatdan ilgʻorlab ketgan XXI asrda hatto eng farovon oʻziga toʻq davlatlarda ham inson bir qarashda unchalik xavfli boʻlmagan, unchalik qoʻrqinchli boʻlmagan tahdid oldida himoyasiz qolishini tasavvur qilish qiyin kechdi".

Prezidentning soʻzlariga koʻra, koronavirusga qarshi kurashda xalqaro hamjamiyat barcha ishlarni ham amalga oshira olmadi, boy berilgan imkoniyatlar boʻldi.

Yangi cheklovlar kiritilishi mumkinligi haqida

Putinning soʻzlariga koʻra, bugun, pandemiya tufayli bahorda boʻlgani singari, cheklov choralariga qaytish zarurati yoʻq, shu jumladan, "tibbiyot samarali ish bergani" uchun ham. RF prezidentining qayd etishicha, kasalxonalarda zaxira oʻrinlar shakllantirilgan, dorilar paydo boʻlgan, "tibbiyot xodimlari ham nima qilish kerakligini tushunishmoqda, bilishmoqda".

Davlat rahbari, Shvetsiya koronavirus tufayli cheklov choralarini kiritmagani, ammo buning natijasida, ularda iqtisodda pastlash roʻy berganini eslatib oʻtdi.

Hozirda Rossiyada makroiqtisodiy koʻrsatkichlar maqbul, iqtisod tiklanmoqda, deb qoʻshimcha qildi prezident.

Dunyodagi almashayotgan rollar haqida

Prezident AQSH bugun ustunlikka daʼvogarlik qila olmasligini taʼkidlab, oʻzi bu Amerikaga kerakmi, degan savolni berdi.

"Oʻzining iqtisodiy salmogʻi va siyosiy taʼsiriga koʻra superderjava pozitsiyasiga Xitoy tobora faol yaqinlashmoqda. Germaniya ham shu yoʻnalishda bormoqda".

Shu bilan bir qatorda, Buyuk Britaniya va Frantsiyaning dunyo masalalaridagi roli sezilarli transformatsiya boʻldi, Braziliya va JAR singari derjavalar ham jiddiy kuchayganliklari sezilmoqda, dedi u.

Prezident koronavirus pandemiyasi sharoitida mamlakatlarni davlatlaro munosabatlarda rostgoʻyroq boʻlishga va ikkitalik standartlardan voz kechishga chaqirdi.

"Koronavirus infektsiyasidan aziyat chekkan va aziyat chekayotgan koʻplab boshqa mamlakatlar chetdan keladigan yordamga emas, shunchaki, cheklovlar olib tashlanishi, hech boʻlmaganda, insonparvarlik sohasidagi cheklovlar yoʻqotilishiga, medikamentlar, kredit resurslari, uskunalar, texnologiyalar bilan oʻzaro almashinuvga muhtojdirlar. Bu toʻgʻri va sof maʼnodagi insonparvarlik yordamlaridir. Yoʻq, insonparvarlikka hech qanday aloqasi boʻlmagan oʻy-fikrlar niqobi ostida bu cheklovlarni bekor qilishmadi. Shu bilan bir vaqtda hamma insoniylik toʻgʻrisida gapiradi".

Qurol-aslahalar ustidan nazorat

Putin qurol ustidan nazorat va qurolni tarqatmaslik rejimlariga chaqiriq tashlangan bir sharoitda strategik barqarorlik masalalari kuchliroq eʼtiborni talab qiladi, deya fikr bildirdi. Bu sohada cheklov boʻlmas ekan, dunyoning kelajagi boʻlmaydi, dedi u. Vashington esa bosqichma-bosqich bu singari bitimlardan chiqayotganini eslatdi.

Prezident Moskva SNV shartnomasiga Xitoyni ham qoʻshishga qarshi emasligini, ammo Pekin bilan muloqotni Vashingtonning oʻzi olib borishi kerakligini, bu masalani Rossiya zimmasiga tashlamasligi kerakligini qoʻshimcha qildi.

Putin shuningdek, barcha yadroviy derdavalarni bu bitimga qoʻshish tarafdori ekanligini maʼlum qildi.

"Yevropaliklar bizga shartnomadan ular (AQSH - tahr.) chiqishsin, siz chiqmang, deyishdi. Men, assalomu alaykum, yaxshi kino boshlandiku, dedim. Axir sizlar barchalaringiz NATO aʼzolari boʻlsangiz, demak, sizlar uchasizlar, amerikaliklarga maʼlumotni yetkazib turasizlar, biz esa shartnomada qolganimiz tufayli bunday qila olmaymiz, dedim. Shuning uchun, keling, oʻzimizni ahmoqqa solmaymizda, bir-birimiz bilan toʻgʻrisizlik bilan gaplashaylik. <...> Aslida esa, meni tushunishimcha, AQShning yevropalik sheriklari ham AQSH bu shartnomada qolishini va hech narsa barbod boʻlmasligini istashmoqda".

Qorabogʻdagi holat haqida

Munozaralar davomida, ishtirokchilar Togʻli Qorabogʻ atrofidagi vaziyatning ziddiylashuvi mavzusini tilga oldilar.

Putin eskalatsiya boshlanganidan buyon mojaro zonasida barcha tomondan ikki mingdan ziyod odam oʻlganini halok boʻlishdi, qurbonlarning umumiy soni besh mingga yaqinlashmoqda.

Putinning taʼkidlashicha, koʻplab yillar davomida Rossiya vaziyatni uzoq tarixiy istiqbolga stabillashtirish maqsadida ushbu inqirozni bartaraf etishning turli variantlarini taklif etgan. Prezident soʻzlariga koʻra, bu pozitsiyalarni  yaqinlashtirish boʻyicha juda ogʻir ish boʻlgan edi.

"Yana oz-moz va biz yechim topa olamiz, deya oʻylagan edik. Afsuski, bu roʻy bermadi, va biz bugun oʻzining eng yomon koʻrinishidagi mojaroga guvoh boʻlib turibmiz", — dedi Putin.

U Rossiya uchun Armaniston va Ozarbayjon - teng hamkorlar ekanligini, Moskva ular bilan toʻlaqonli munosabatlarni oʻrnatishni istashini qayd etdi.

Sputnik/RUPTLY/MID RF/Minoboronы Azerbaydjana, Minoboronы Armenii

Davlat rahbari Togʻli Qorabogʻ boʻyicha murosa topishni juda xohlashini taʼkidladi. Putinning soʻzlariga koʻra, u Ozarbayjon prezidenti Ilxom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan bir kunda bir necha marotaba telefon orqali suhbatlashib turadi.

Navalniy haqida

Munozara ishtirokchilarining birining Aleksey Navalniy bilan bogʻliq holat haqidagi savoliga javob berar ekan, Putin, Rossiya roʻy bergan voqea boʻyicha surishtiruv oʻtkazishga tayyorligini, ammo buning uchun mamlakat Navalniy haqiqatdan ham zaharlangani toʻgʻrisidagi tasdiqqa ega boʻlishi kerakligi, bunday maʼlumot esa taqdim etilmayotgani haqida gapirdi.

Prezident Navalniyning rafiqasi murojaatidan soʻng darhol Bosh prokuraturaga bemorning chet elga chiqishi imkoniyatini (jinoyat ishi boʻyicha cheklovlarni nazarda tutgan holda) tekshirib koʻrish kerakligi haqida topshiriq berganini aytdi.

"Bundan tashqari, yevropalik yetakchilardan biri bilan suhbat davomida men, bizning mutaxassislarimiz frantsuz, nemis, shved mutaxassislari bilan birgalikda Germaniyaga borishlari va joyida birga ishlab, qandaydir boʻlsa ham materiallarga ega boʻlishlarini taklif qilgan edim. Va bu materiallarni jinoyat ishi qoʻzgʻatilishi uchun asos sifatida kiritish mumkin edi, agar bu chindan kriminal hodisa boʻlgan boʻlsa, uni oʻrganishardi. Ammo hech vaqo taqdim etishmayapti-ku".

Putin shuningdek, Navalniy organizmida "Novichok" izlari aniqlangani haqidagi xabarlar ham shubhaliligini qoʻshimcha qildi.

"Unda "Novichok" izlarini topishgani haqida aytishdi. Keyin bu maʼlumotlar goʻyoki OZXOga topshirildi <…>, va toʻsatdan bizga: bu "Novichok" emas, boshqa narsa deyishdi. <...> Xoʻsh, "Novichok"midi u yoki "Novichok" emas? Boshida aytishgan holat boʻyicha gumonlar paydo boʻla boshladi", - deb qoʻshimcha qildi prezident.

Prezidentligi haqida

Vladimir Putin davlat rahbari sifatida vakolatlari qachondir oʻz nihoyasiga yetishini toʻliq anglashini aytdi.

Konstitutsiyaga kiritilgan oʻzgartirishlar amaldagi prezidentga ushbu lavozimga qayta saylanish huquqini beradi. Yigʻilish davomida Putin 2024 yildan keyin davlat rahbari lavozimida qolish qarori haqidagi soʻzlari turli fitnalar va voris izlashga qarshi kafolat boʻlishini taʼkidladi.

"Yoʻq, bu, soʻzsizki, qachondir nihoyasiga yetadi, men bu borada oʻzimga hisob beraman", - dedi prezident.

Putin shuningdek, tarixdagi rolini qanday koʻrishini va dunyo yetakchisi sifatida oʻz merosini nimada koʻrishi haqidagi savolga ham javob qaytardi. Uning soʻzlariga koʻra, u hech qachon bunday toifada fikrlamaydi.

"Bu haqda shu narsaga qiziquvchi odamlar oʻylashsin, men esa oʻzim haqimda birorta kitobni hatto oʻqimaganman. Men shunchaki mehnat qilaman, kundan-kun joriy masalalarni yechib, oʻz nigohimni kelajakka tikaman, toki joriy masalalar strategik maqsadlarga erishishga toʻsqinlik qilishmasin", – dedi Putin.

Asosiy mavzular