00:30 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Siyosat
Havola olish
117 0 0

Tomonlar oʻzaro manfaatli sohalarda Oʻzbekiston-AQSH aloqalarini jadallashtirishga intilish qatʼiy ekanligini taʼkidladilar.

TOSHKENT, 18 noya - Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Vashington shahrida AQSH Davlat kotibining yordamchisi, demokratiya, inson huquqlari va mehnat byurosi rahbari Robert Destro bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot-xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlari boʻyicha atroflicha fikr almashildi.

Suhbat davomida Amerika tomoniga Oʻzbekistonda insonning asosiy huquq va erkinliklarini taʼminlash, korruptsiyaga qarshi kurash, ommaviy axborot vositalarining erkinligi, majburiy mehnatni yoʻq qilish va fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish sohalarida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar va erishilgan natijalar toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

Amerikalik diplomat prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatni demokratlashtirish, jamiyatni liberallashtirish va qonun ustuvorligini mustahkamlash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholadi.

Tomonlar oʻzaro manfaatli sohalarda Oʻzbekiston-AQSH aloqalarini jadallashtirishga intilish qatʼiy ekanligini taʼkidladilar.

Asosiy mavzular