21:53 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Siyosat
Havola olish
409 0 0

Avvalroq prezident ish oʻrinlari tashkil etish, tadbirkorlar muammolarini hal qilish va ularni qoʻllab-quvvatlash borasida oʻziboʻlarchilikka yoʻl qoʻyganligi uchun Buxoro va Jondor tuman hokimlarini lavozimidan ozod etish masalasini qoʻygan edi.

TOSHKENT, 3 dek — Sputnik. Xalq deputatlari Buxoro, Jondor va Peshku tumanlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala koʻrildi. Bu haqda Buxoro viloyati matbuot xizmati xabar qildi.

Buxoro tumanidagi sessiyada “Gʻijduvon EIZ” rahbari vazifasida ishlab kelgan Xayrullo Joʻrayev tuman hokimi etib tasdiqlandi.

Tumanning sobiq hokimi Qahramon Doʻstov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Jondordagi sessiyada viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sanʼatillo Hikmatov tuman hokimi etib tasdiqlandi.

Tumanning sobiq hokimi Kamol Kamolov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Peshku tumanidagi sessiyada Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻi Vahob Qahhorov tuman hokimi etib tasdiqlandi.

Tumanning sobiq hokimi Amrullo Nazarov viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlanganligi sababli Peshku tumani hokimi vazifasidan ozod etildi.

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 24 noyabr kuni oʻtgan videoselektor yigʻilishida ish oʻrinlari tashkil etish, tadbirkorlar muammolarini hal qilish va ularni qoʻllab-quvvatlash borasida oʻziboʻlarchilikka yoʻl qoʻyganligi uchun Buxoro, Jondor va Sirdaryo tuman hokimlarini lavozimidan ozod etish masalasi qoʻyilgan edi.

Teglar:
hokimlar ishdan olinishi, hokim oʻzgarishi, hokim, yangi tayinlov, Peshku tumani, Jondor tumani, Buxoro tumani, Buxoro viloyati

Asosiy mavzular