10:50 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Siyosat
Havola olish
84810

Qirgʻiziston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Artyom Novikov 8 dekabr kuni Oʻzbekistonning Fargʻona viloyatidagi yigʻilishda ishtirok etadi.

TOSHKENT, 6 dek — Sputnik. Qirgʻiziston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Artyom Novikov Oʻzbekistonning Fargʻona viloyatidagi yigʻilishda ishtirok etadi. Bu haqda Qirgʻiziston hukumati matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, Artyom Novikov Qirgʻizistonning Batken va Oʻsh viloyatlariga xizmat safari bilan tashrif buyuradi.

“Shuningdek, xizmat safari doirasida bosh vazir vazifasini bajaruvchi joriy yilning 8 dekabrida Oʻzbekistonning Fargʻona shahrida boʻlib oʻtadigan Qirgʻiziston hukumatining chegaraoldidagi mutasaddi vakillari kengashi va Oʻzbekistonning chegaraoldidagi hokimlari yigʻilishida ishtirok etadi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qirgʻiziston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Artyom Novikov va Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari Sardor Umurzakov oʻrtasida telefon muloqoti boʻlib oʻtgani xabar qilingan edi.

Teglar:
tashrif, Oʻzbekiston, Fargʻona, Qirgʻiziston

Asosiy mavzular