13:12 03 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Siyosat
Havola olish
188 0 0

Jizzax viloyatining Zafarobod, Mirzachoʻl va Forish tumanlarida hokim oʻzgardi. Shuningdek, Jizzax shahriga yangi hokim tayinlandi.

TOSHKENT, 19 yanv — Sputnik. Bugun, 19 yanvar kuni Jizzax viloyati Xalq deputatlari Jizzax shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Bu haqda viloyat matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Jizzax shahar hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Akbar Shukurovning boshqa lavozimga oʻtgani munosabati bilan shahar hokimi lavozimiga Komil Xolmurodov nomzodi maʼqullandi.

Komil Xolmurodov bugun Xalq deputatlari Mirzachoʻl tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman hokimi lavozimidan ozod etilgan edi.

Uning oʻrniga Mirzachoʻl tumaniga hokim etib, 2016 yildan buyon “Agrobank” aktsiyadorlik tijorat bankining Jizzax viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan Sherzod Ahmedov tayinlandi.

Xalq deputatlari Zafarobod tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Ibrohim Qarshiboyev boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan lavozimidan ozod qilindi. 

Sessiyada deputatlar Nodirbek Radjapovni tuman hokimi etib tasdiqladi. 

Nodirbek Rajapov bungacha Jizzax viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Xalq deputatlari Forish tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman hokimi Abdivali Mustanov boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan lavozimidan ozod qilindi. 

Ikrom Matiyev nomzodi deputatlar tomonidan Forish tuman hokimi lavozimiga maʼqullandi.

U bunga qadar Yangiobod tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Teglar:
tayinlov, hokim oʻzgarishi, Jizzax

Asosiy mavzular