06:07 27 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Siyosat
Havola olish
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (72)
37120

Oʻzbekistonning YEOII bilan hamkorlik masalasi yuzasidan 2021 yilga moʻljallangan “Yoʻl xaritasi” loyihasi atroflicha muhokama qilinib, tasdiqlandi.

TOSHKENT, 25 yanv — Sputnik. Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish masalasini oʻrganishni tashkil etish boʻyicha ishchi guruhining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasining YEOII bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish masalasini oʻrganishni tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi rahbari Akmal Saidov, ishchi guruh aʼzolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Ishchi guruhining maqsadi - YEOIIga aʼzolikning ijobiy va salbiy jihatlarini chuqur tahlil qilish, milliy iqtisodiyotga taʼsirini oʻrganish, boshqa xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik istiqbollariga oʻzaro bogʻliqligini har tomonlama koʻrib chiqish.

Dastlab yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020 yil 29 dekabr kuni Oliy Majlisga yoʻllangan Murojaatnomadan kelib chiqib, 2021 yilda YEOII bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalasini oʻrganishni tashkil etish, Oʻzbekistonning YEOIIga kuzatuvchi maqomida ushbu miintaqaviy tuzilmaning keng imkoniyatlaridan har tomonlama foydalanish yoʻllarini qidirish Qonunchilik palatasida tuzilgan mazkur ishchi guruhning asosiy vazifalaridan biri ekanligi taʼkidlandi.

Yigʻilish ishtirokchilari Oʻzbekiston YEOIIda kuzatuvchi maqomini olganligi hamda ushbu tashkilotga aʼzo boʻlgan davlatlar bozorlarida toʻlaqonli ishtirok etishi uchun hamkorlikning huquqiy tartibga solish mexanizmlarini chuqur oʻrganish, milliy texnik tartibga solish meʼyorlarini YEOII talablariga moslashtirish boʻyicha ishlarni jadallashtirish zarurligini taʼkidlashdi. YEOII bilan Oʻzbekiston oʻrtasida hamkorlik ishlarini samarali tashkil etish maqsadida 2021 yilga moʻljallangan “Yoʻl xaritasi” loyihasi atroflicha muhokama qilinib, tasdiqlandi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan tuzilgan mazkur ishchi guruhi yigʻilishida bildirilgan taklif va mulohazalarni tegishli mutasaddi vazirlik, idora va tashkilotlarga yetkazish va ijrosi ustidan parlament nazoratini oʻrnatishga oid aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Mavzu:
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (72)

Mavzu boʻyicha

Murosa qilish: Tyurdenev YEOIIga qoʻshilishning foydali va xatarli tomonlari haqida
Oʻzbekiston YEOIIga aʼzo boʻlsa, bu mehnat migrantlariga nima beradi?
Oʻzbekiston YEOIIga qoʻshilsa, Tojikistonda tanlov qolmaydi – Migranyan
Overchuk: YEOII Oʻzbekistonning ittifoqqa qoʻshilishiga umid qilmoqda
Teglar:
Shavkat Mirziyoyev, prezidentning parlamentga murojaatnomasi, Oliy Majlis, Rossiya, YEOII, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular