23:56 28 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Siyosat
Havola olish
290 0 0

Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarovni respublikaga davlat tashrifi bilan kelishga taklif etdi.

TOSHKENT, 5 fev — Sputnik. Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarovni respublikaga davlat tashrifi bilan kelishga taklif etdi.

Qirgʻiziston hukumati matbuot xizmati bu haqda RIA Novostiga maʼlum qildi.

Avvalroq, Qirgʻiziston bosh vaziri Ulukbek Maripov Olmaotaga xizmat safari chogʻida Abdulla Aripov bilan Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yigʻilishida uchrashgan edi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov Qirgʻiziston prezidentiga Oʻzbekistonga tashrif buyurish uchun taklifnomani taqdim etdi.

Tomonlar "savdo-iqtisodiy, investitsiya, qishloq xoʻjaligi, madaniy-gumanitar, suv-energetika va transport sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlikning koʻplab masalalarini" muhokama qildilar.

Ikkala mamlakat qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdi va qirgʻiz-oʻzbek davlat chegarasining qolgan uchastkalarini yuridik roʻyxatdan oʻtkazishni yakunlash boʻyicha ishlarni kuchaytirish zarurligini taʼkidladilar.

Ayni paytda chegara uzunligining taxminan 92% tavsiflangan, 85% asosiy delimitatsiya kelishuviga kiritilgan. Hozircha 10taga yaqin uchastka bahsli boʻlib qolmoqda, tomonlar oʻzaro hududlarni almashish haqida gapirmayapti.

Mavzu boʻyicha

Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarovni gʻalaba bilan tabrikladi
Sadir Japarovning rafiqasi haqida 9ta qiziqarli fakt
“Qamoqdan prezidentlikka”: Sadir Japarovga oʻxshagan yetakchilar koʻp boʻlganmi?
Qozogʻiston prezidenti Sadir Japarovni saylovdagi gʻalabasi bilan tabrikladi

Asosiy mavzular