05:42 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Siyosat
Havola olish
326 0 0

Oʻzbekiston tarixida birinchi marta Islom taraqqiyot banki (ITB) guruhi boshqaruvchilari kengashi raisi etib bosh vazirning oʻrinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov saylandi.

TOSHKENT, 7 fev — Sputnik. Islom taraqqiyot banki (ITB) guruhi boshqaruvchilari kengashi – Bank oliy boshqaruv organi raisi etib Oʻzbekiston tomonidan boshqaruvchi, Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov saylandi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabariga koʻra, bu Oʻzbekiston tarixidagi birinchi holat.

Oʻtgan yilning oktyabr oyida Umurzakov Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) boshqaruvchilari kengashi raisining oʻrinbosari etib saylangan edi.

Islom taraqqiyot banki guruhi 1974 yilda Jidda (Saudiya Arabistoni) shahrida tashkil etilgan. ITB aʼzolari tarkibiga 57 mamlakat kiradi. Bank faoliyatining asosiy yoʻnalishi iqtisodiyotning strategik tarmoqlarida yirik infratuzilmaviy va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni moliyalashtirishdir.

Asosiy mavzular