23:03 28 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
75610

Oʻzbekiston fuqarolari endilikda jazoni ijro etish bosh boshqarmasi rahbariyatiga onlayn-rejimda shikoyatlar bilan, shuningdek koʻrsatilayotgan xizmatlar yuzasidan maʼlumotlar olish va oʻz takliflari yuzasidan murojaatlar yuborishlari mumkin

TOSHKENT, 3 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston IIV JIEBB rahbarining virtual qabulxonasi ochildi, bu begani endilikda qamoqxonaga savol berish imkoni yaratildi, deb yozadi kun.uz nashri.

Xabarda taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston fuqarolari endilikda jazoni ijro etish bosh boshqarmasi rahbariyatiga onlayn-rejimda shikoyatlar bilan, shuningdek koʻrsatilayotgan xizmatlar yuzasidan maʼlumotlar olish va oʻz takliflari yuzasidan murojaatlar yuborishlari mumkin.

Yuborilayotgan murojaat rasmiy boʻlish kerak, shuning uchun jismoniy shaxslar familiyasi (ism, otasining ismi), yashash joyi haqida maʼlumotlarni hamda murojaat nima haqida ekanini koʻrsatishlari kerak. Yuridik shaxsning murojaatida esa yuridik shaxsning toʻla nomlanishi, joylashgan joyi haqida maʼlumot (pochta manzili) va murojaat nima haqida ekani aks etishi lozim.

Oʻz ichida tuhmat, haqorat yoki yolgʻon maʼlumot boʻlgan murojaatlarni yuborish taqiqlanadi. Shuningdek, bitta foydalanuvchining avval koʻp bora qaytarilgan javob yuzasidan qayta murojaati koʻrib chiqilmaydi. Bunday holat murojaatda yangi dalillar boʻlmasa yuz beradi.

Bu talablar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligidan kelib chiqqan holda oʻrnatilgan.

Teglar:
virtual qabulxona, IIV, qamoq

Asosiy mavzular