05:44 16 Avgust 2018
Efir
  • RUB115.07
  • EUR8888.62
  • USD7790.20
Voyennoslujaщiye voorujennыx sil Uzbekistana vo vremya pyatogo etapa Vыxod razvedыvatelnogo soyedineniya v rayon sbora posle vыpolneniya zadachi na mejdunarodnom konkurse Otlichniki voyskovoy razvedki

Rossiya Oʻzbekistonga mudofaa sanoatini tiklashda yordam beradi

Sputnik / Aleksandr Kryajev
Jamiyat
Havola olish
78921

Rogozin Rossiya Oʻzbekistonga harbiy yoʻnalishdagi mahsulotlar uchun narx belgilash tizimini shakllantirish, qurollanish taraqqiyotining uzoq muddatli dasturini rejalashtirish va sanoatni tayyorlash borasida koʻmak berishini bildirdi

TOSHKENT, 28 okt — Sputnik. Rossiya harbiy-sanoat komissiyasi (HSK) Oʻzbekistonning mudofaa sanoatini qayta tiklash boʻyicha konsultatsion hamkorlik koʻrsatadi. Bu haqda Rossiya hukumati raisi oʻrinbosari Dmitriy Rogozin Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va mamlakat bosh vaziri Abdulla Aripov bilan boʻlib oʻtgan muzokaralar yakuni boʻyicha maʼlum qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.

"HSK Oʻzbekiston hukumatiga harbiy yoʻnalishdagi mahsulotlar uchun narx belgilash tizimini shakllantirish, qurollanish taraqqiyotining uzoq muddatli dasturini rejalashtirish va sanoatni tayyorlash borasida koʻmak beradi", — Rossiya bosh vaziri oʻrinbosari.

Bundan tashqari, Rogozin Toshkentda MS-21 samolyotlari uchun ehtiyot qismlar markazini tashkil etish ehtimolini istisno qilmadi.

Asosiy mavzular