18:15 21 Aprel 2018
Efir
Ministr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov

Abdulaziz Kamilov "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlandi

© Flickr / European External Action Service
Jamiyat
Havola olish
27800

Bugun Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov oʻzining 70 yillik yubileyini nishonlamoqda

TOSHKENT, 16 noya – Sputnik. Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlandi. Yuksak davlat mukofotini Oliy Majlis Senatining raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev va Oʻzbekiston prezidentining davlat maslahatchisi Umar Ismoilovlar topshirdilar.

"Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlashdagi ulkan xizmatlari, Oʻzbekiston manfaatlarini xalqaro maydonda himoya qilish va ilgari surishdagi koʻp yillik samarali mehnati va 70 yoshga toʻlishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev TIV rahbarini yuqori davlat nishoni bilan mukofotladi", deyiladi vazirlik xabarida.

Abdulaziz Hafizovich Kamilov 1947 yil 16 noyabrda Toshkent viloyatining Yangiyoʻl shahrida tugʻilgan.

SSSR Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik akademiyasini tamomlagan. Tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega.

Faoliyati davomida SSSRning Livandagi elchixonasi attashesi, Suriyadagi elchixonasi 2-kotibi, SSSR Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharq boʻlimining xodimi, Oʻzbekiston Respublikasining Rossiyadagi elchixonasi maslahatchisi, tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori, Oʻzbekiston prezidentining tashqi-siyosiy masalalar boʻyicha maslahatchisi lavozimlarida ishlagan.

2012 yil yanvardan Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri.

"Mehnat shuhrati", "Doʻstlik", "Oʻzbekiston belgisi" va "Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 20 yil" davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.

Asosiy mavzular