05:42 16 Avgust 2018
Efir
  • RUB115.07
  • EUR8888.62
  • USD7790.20
Mujchinы vo vremya sbora xlopka

Paxta yetishtiradigan fermerlarga kreditlar ajratiladi

© Facebook / O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi
Jamiyat
Havola olish
88540

Kreditlar yiliga 3 foizdan ortiq boʻlmagan foiz stavkasi boʻyicha va davlat buyurtmasi doirasida paxta xom ashyosi sotadigan fermer xoʻjaliklarini moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan shartlar asosida ajratiladi

TOSHKENT, 13 fev — Sputnik. Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov respublikada paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Vazirlar Mahkamasining qarorini imzoladi.

Hujjatga koʻra, 2018 yil paxta xom ashyosi hosili doirasida sinab koʻrishni hisobga olgan holda roʻyxat boʻyicha hududlarda toʻqimachilik sanoati korxonalari hamda fermer xoʻjaliklari oʻrtasida paxta xom ashyosini yetishtirish va yetkazib berish yuzasidan toʻgʻridan-toʻgʻri kontraktatsiya shartnomasini tuzish asosida paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkil etiladi.

Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilariga lizing asosida qishloq xoʻjaligi texnikasi xarid qilish, mineral oʻgʻitlar, urugʻlik, yoqilgʻi-moylash materiallari, oʻsimliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari va boshqa material resurslar yetkazib berish boʻyicha fermer xoʻjaliklari uchun nazarda tutilgan shartlar hamda tartib tatbiq etiladi;

paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi doirasida oʻz ehtiyojlari uchun ishlab chiqarilgan paxta tolasi ixtiyoriy asosda sertifikatlanadi;

ishlab chiqarilgan paxta tolasining oʻz ishlab chiqarish quvvatlari ehtiyojlaridan oshadigan hajmlari paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri kontraktlar yoki birja savdolari orqali boshqa mahalliy isteʼmolchilarga sotiladi;

paxtadan olingan chigit paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchisi tomonidan mahsulotni qaytarish asosida yogʻ-moy korxonalariga, yogʻ-moy mahsulotini keyinchalik birja savdolari orqali realizatsiya qilish sharti bilan, qayta ishlangan chigit chiqindilari (shrot, sheluxa) esa toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha birinchi navbatda, fermer xoʻjaliklariga, shuningdek, boshqa mahalliy isteʼmolchilarga sotiladi;

qoʻshimcha mahsulotlar (lint, oʻlik paxta va boshqalar) paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchisi tomonidan mahalliy isteʼmolchilarga birja savdolari orqali sotiladi;

paxta xom ashyosi narxi fermer xoʻjaliklarining rentabelligi hisobga olinib, shartnoma asosida belgilanadi va davlat ehtiyojlari uchun belgilangan narxlardan past boʻlmasligi lozim.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda oʻn kun muddatda fermer xoʻjaliklari roʻyxati belgilanadi hamda ularga paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari bilan kontraktatsiya shartnomalarini tuzishda amaliy yordam koʻrsatiladi.

Bir hafta muddatda paxta xom ashyosini yetishtirish va yetkazib berish boʻyicha namunaviy kontraktatsiya shartnomasi ishlab chiqilib, tasdiqlanadi unda jumladan fermer xoʻjaliklarining oʻz majburiyatlarini soʻzsiz bajarishi choralari nazarda tutiladi.

Oʻzbekiston Bosh prokuraturasiga shartnomalar shartlarining soʻzsiz bajarilishi, shuningdek, paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi doirasida yerlardan samarali foydalanilishi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatish topshirildi.

Hujjatga muvofiq, paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari 2018 yil mobaynida paxta xom ashyosini yetishtirish va ularga yetkazib berishni moliyalashtirish uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tijorat banklari orqali kreditlar ajratadi va taʼminot sifatida sugʻurta polisi taqdim etadi.

Kreditlar Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan yiliga 3 foizdan ortiq boʻlmagan foiz stavkasi boʻyicha va davlat buyurtmasi doirasida paxta xom ashyosi sotadigan fermer xoʻjaliklarini moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan shartlar asosida ajratiladi.

Kreditlar miqdorlari paxta xom ashyosini yetishtirish va yetkazib berishni moliyalashtirish uchun davlat buyurtmasi doirasida paxta xom ashyosi sotadigan fermer xoʻjaliklari uchun amaldagi shartlar inobatga olingan holda hisoblanadigan hisob-kitob ehtiyojining kamida 60 foizini tashkil qiladi

Fermer xoʻjaliklari bilan xarid qilinadigan paxta xom ashyosi qiymatining 90 foizdan kam boʻlmagan miqdori boʻyicha yakuniy hisob-kitoblar paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari tomonidan 2018 yilning sentyabr oyidan boshlab dekabr oyigacha, qolgan qismi esa 2019 yilning 1 apreligacha amalga oshiriladi.

Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi uchun paxta xom ashyosi yetishtirish maqsadida ajratiladigan mablagʻlar fermer xoʻjaligining maxsus hisobraqamiga oʻtkaziladi va bu mablagʻlardan yangi paxta xom ashyosi hosili yetishtirish uchun faqat zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilish uchun foydalanish mumkin. Ushbu mablagʻlar hisobraqamlar egalarining yangi hosilni yetishtirish bilan bogʻliq boʻlmagan ilgari yuzaga kelgan majburiyatlarini qoplashga yoʻnaltirilishi mumkin emas.

Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishini tashkil etadigan paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari va fermer xoʻjaliklari oladigan hamda ular tomonidan beriladigan, oʻzlari ishlab chiqaradigan mahsulotlarni sotish boʻyicha oborotlar bilan bogʻliq boʻlmagan pul mablagʻlari va mulk, shuningdek, sof daromad taqsimoti soliq solinadigan obʼyektlar hisoblanmaydi.

Asosiy mavzular