22:21 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Jamiyat
Havola olish
33620

Mehnatga biron bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi

TOSHKENT, 22 mar – Sputnik. Oʻzbekiston Adliya vazirligi Telegram-kanalida Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 37-moddasiga koʻra sud hukmi bilan tayinlangan jazoni oʻtash tartibidan yoki qonunda koʻrsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanganligini bildirdi.

Maʼlum qilinishicha, “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunning 2-moddasi hamda Mehnat kodeksining 7-moddasiga muvofiq, majburiy mehnat, yaʼni biron-bir jazoni qoʻllash bilan tahdid qilish orqali (shu jumladan mehnat intizomini saqlash vositasi tariqasida) ish bajarishga majburlash taqiqlanadi.

Mehnatga biron bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Bu Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 51-moddasida belgilab qoʻyilgan boʻlib, xuddi shunday huquqbuzarlik voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa, eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Vazirlikning maʼlum qilishicha, quyidagi ishlar majburiy mehnat deb hisoblanmaydi:

harbiy yoki muqobil xizmat toʻgʻrisidagi qonunlar asosida; favqulodda holat yuz bergan sharoitlarda; sudning qonuniy kuchga kirgan hukmiga binoan hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda bajarilishi lozim boʻlgan ishlar (masalan, maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslardan jismoniy ishlarda foydalanish).

Asosiy mavzular