23:58 24 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Stroyaщayasya atomnaya elektrostantsiya. Illyustrativnoye foto

Atom elektrostantsiyasi qaysi viloyatda qurilishi maʼlum boʻldi

Sputnik
Jamiyat
Havola olish
Oʻzbekistonda atom elektrostantsiyasi qurilishi (22)
338250

“Rosatom” korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyov soʻzlariga koʻra, Oʻzbekistonda AES qurilishi loyihasini amalga oshirish uchun tegishli davlat organi tashkil etilishi lozim, u respublikadagi atom sohasini tartibga soladi.

TOSHKENT, 31 may — Sputnik. Oʻzbekistonda birinchi atom elektrostantsiyasi Navoiy viloyatida quriladi. Bu haqda  Rossiyaning “Rosatom” korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyov maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, yangi obʼyekt qurilishi uchun maydon Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv chogʻida maʼlum boʻldi.

Uchrashuvda hukumatlararo kelishuv, shartnoma, bu obʼyektni foydalanishga topshirish muddatlari, kadrlar tayyorlash masalasi ham koʻrib chiqilgan. 

“Oʻzbekiston Rossiyaga Navoiy viloyatida AES qurishni taklif qildi. Oʻzbekiston prezidenti va bosh vaziri bizga Navoiy viloyatidagi maydoncha haqida maʼlum qilishdi. Yaqin kunlar ichida u yerga yoʻl olib, maʼlumot yigʻishni boshlaymiz. Loyihaga yondashuvlar muhokama qilindi”, — dedi Lixachyov.

“Rosatom” rahbarining fikriga koʻra, birinchi navbatda Oʻzbekistonda AES qurilishi loyihasini amalga oshirish uchun tegishli davlat organi tashkil etilishi lozim, u respublikadagi atom sohasini tartibga soladi. Ushbu idora “Rosatom” bilan birgalikda qabul qilinishi zarur boʻlgan bitim, kelishuv va boshqa hukumatlararo qarorlarni tayyorlaydi.

Mavzu:
Oʻzbekistonda atom elektrostantsiyasi qurilishi (22)

Asosiy mavzular