06:30 17 Avgust 2018
Efir
  • RUB115.07
  • EUR8888.62
  • USD7790.20
Uzbekskiye militsionerы

"20 yillik tajribamda bunaqasini koʻrmaganman" - IIBB xodimi "tezkor vakil" haqida

© Flickr / Digital Aesthetica
Jamiyat
Havola olish
Tezkor xodim Sanʼat Umarov ishi (8)
387230

Oper boʻlish uchun "otmorozok" boʻlish kerakmi? Yoʻq boʻlsa, tezkor vakilning Kattaqoʻrgʻonda sodir etgan hatti-harakatlariga yana qanday izoh berish mumkin? Toshkentdagi Ichki ishlar boshqarmasida faoliyat yurituvchi xodim Sputnik muxbiri bilan suhbatda shov-shuvli voqeaga nisbatan oʻz fikrlarini bildirdi

TOSHKENT, 5 iyul — Sputnik. Chorshanba kuni Feysbuk ijtimoiy tarmogʻidagi koʻplab guruhlarda Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon ichki ishlar boʻlimi tezkor xodimi Sanʼat Umarovning ayol kishini tahqirlab, uni butkul yalangʻoch holgacha yechinishga majburlagani aks etgan videorolik tarqalib ketdi.

Ushbu video internet foydalanuvchilari orasida katta shov-shuvlarni keltirib chiqardi.

Oʻzbek ayolnining huquq posbonlari tomonidan bu qadar jirkanchli tarzda tahqirlanganligi aksariyat internet foydalanuvchilari tomonidan keskin qoralandi.

Sputnik Oʻzbekiston muxbiri "tezkor vakil"ning harakatlariga izoh olish uchun uzoq yillardan beri Ichki ishlar boshqarmasida faoliyat yuritib kelayotgan militsiya xodimi bilan bogʻlandi.

"Tergovchi deganda oʻzimdan kelib chiqib oʻylardim, bunaqasini… 20 yillik tajribamda koʻrmaganman", — dedi savolga javob berar ekan IIBB vakili.

"IIV tomonidan, ayniqsa poytaxt IIBB tomonidan shuncha ijobiy amaliy ishlar olib borilayotgan bir vaqtda, befarosat, ongsiz, manqurtsifat bir xodimning ishi, barcha yaxshiliklarni yuvib ketgandek…", — deydi u biroz oʻylanib.

Soʻngra oʻsha "tezkor xodim"ning tabiati aslida ichki ishlar idorasiga mos emasligini qoʻshimcha qiladi.

"Unaqalar odamlardan alamzada boʻlishadi tabiatan. Agar u shofyor boʻlsa edi, boshqa birovni ustiga haydagan boʻlardi mashinasini. Agar vrach boʻlganida edi, anesteziyasiz operatsiya qilgan boʻlar edi. Agar oʻqituvchi boʻlganida edi, oʻquvchilarni urib, kun bermagan boʻlardi. Agar jurnalist boʻlganida edi, yoʻq narsalarni boʻrttirib, birovni qaqshatib, tuhmatkash boʻlardi. Agar u quruvchi boʻlganida uyni tomini atay teshik qoldirib ketar edi…", — dedi oʻz gapi yakunida huquqni muhofaza qilish organi xodimi.

Ayni vaqtda Feysbuk ijtimoiy tarmogʻida ushbu hodisa yuzasidan muhokama davom etmoqda.

Mavzu:
Tezkor xodim Sanʼat Umarov ishi (8)

Asosiy mavzular