22:13 15 Noyabr 2018
Efir
  • RUB121.79
  • EUR9374.66
  • USD8271.27
Peredacha portfelya iz ruk v ruki

Hukumatdan haydalgan Mirzayev yangi lavozimga tayinlandi

Sputnik / Vladimir Fedorenko
Jamiyat
Havola olish
428 0 0

Sobiq bosh vazir oʻrinbosari Zoyir Mirzayev tuman hokimi lavozimiga tayinlandi.

TOSHKENT, 8 noya — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi bosh vazirining sobiq oʻrinbosari Zoyir Mirzayev Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

U tuman xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari yigʻilishida jamoaga tanishtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti 2018 yil 29 oktyabr kuni barcha darajadagi davlat hokimiyati organlari rahbarlarining majburiy mehnatning har qanday shakl va koʻrinishlariga yoʻl qoʻymaslik borasidagi javobgarligini oshirish toʻgʻrisida farmoyish qabul qilgandi.

Ushbu farmoyishga muvofiq, gʻalla ekish va sugʻorish ishlarini tashkil etish jarayonida jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygani bois Zoyir Mirzayev Oʻzbekiston Respublikasi bosh vazirining oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksining rahbari lavozimidan ozod etilgandi.

Undan oldin Mirzayev Toshkent viloyatining Oqqoʻrgʻon va Bekobod tumanlarida hokimlik mulozimlari va fermerlarni suvga tushishga hamda dalada yirik kesaklarni koʻtarib rasmga tushishga majburlagani maʼlum boʻlgandi.

Bundan tashqari, prezident farmoyshida Oʻzbekiston Bosh prokuroriga qishloq xoʻjaligi ishlari chogʻida yoʻl qoʻyilgan qonun buzilish holatlari yuzasidan tekshirish oʻtkazish, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga, joylardagi davlat hokimiyati organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlariga majburiy mehnatning barcha shakl va koʻrinishlariga barham berishga qaratilgan chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish boʻyicha topshiriqlar berilgan.

Asosiy mavzular