10:03 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
364 0 0

Prezident qarori bilan Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspektsiyasi tashkil etildi.

TOSHKENT, 22 noya – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi. 

Hujjat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspektsiyasi, davlat unitar korxonasi shaklida Texnik koʻmaklashish markazi hamda  Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga koʻmaklashish markazi tashkil etiladi. 

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlashga koʻmaklashish markazining boʻshayotgan 135 nafar shtat birligi markazga oʻtkaziladi. 

Davlat inspektsiyasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha inspektsiyaning huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

Markaz Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlashga koʻmaklashish markazining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi, “Xavfsiz shahar” loyihasini amalga oshirish bilan bogʻliq huquq va majburiyatlari bundan mustasno. 

Davlat inspektsiyasi Markazning taʼsischisi hisoblanadi. 

Davlat inspektsiyasining asosiy vazifalari etib belgilandi: 

- aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy bosma nashrlarni tarqatish sohasida qonun hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlari talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish; 

- oʻz vakolati doirasida pochta aloqasi, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalari xizmatlarining sifatli taqdim etilishi, davriy bosma nashrlar, fonogrammalar, audiovizual asarlar va EHM uchun dasturlar tarqatilishida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish choralarini taʼminlash ustidan davlat nazoratini amalga oshirish; 

fonogrammalar, audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlar tarqatishda (sotish, ijaraga berish va barchaning eʼtiboriga yetkazishda) mualliflik huquqlari sohasidagi qonun hujjatlariga va normativ hujjatlarga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish; 

normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, boshqa tashkilot va idoralarda “Elektron hukumat” tizimida infratuzilmani rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish; 

ish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish, integrallashgan axborot tizimlarini, maʼlumotlar uzatish va almashishning idoralararo tarmoqlarini joriy etish va ulardan foydalanish, davlat axborot resurslari integratsiyasi, shu jumladan, elektron davlat xizmatlari koʻrsatish samaradorligi; 

“oxirgi milya” tamoyili boʻyicha Internet tarmogʻidan keng polosali foydalanishni, multiservis aloqa tarmoqlari texnologiyalarini, mobil aloqa bozorini, boshqa zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini, shuningdek, pochta aloqasi xizmatlarini va davriy bosma nashrlar tarqatishni kengaytirish yoʻli bilan telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish; 

Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi: 

- axborot xavfsizligiga hozirgi vaqtdagi tahdidlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, tahlil qilish va toʻplash, davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlari, resurslari va maʼlumotlar bazalariga noqonuniy kirib olish holatlarining oldini olishni taʼminlaydigan samarali tashkiliy va dasturiy-texnik yechimlarni tezkor qabul qilish boʻyicha tavsiyalar va takliflar ishlab chiqish;

- qonun buzuvchilarni, axborotlar makonidagi ruxsatsiz yoxud buzuvchi harakatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan metodlar va vositalarni tahlil qilish, identifikatsiyalashda telekommunikatsiyalar tarmoqlarining operatorlari va provayderlari, huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilish; 

- axborotlashtirish obʼyektlarida (davlat sirlari bundan mustasno) apparat vositalari va dasturiy mahsulotlarni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, telekommunikatsiya jihozlari va boshqa texnik vositalarni attestatsiya, ekspertiza va sertifikatsiyadan oʻtkazish; 

- davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlari va resurslari axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda koʻmaklashish; 

- davlat axborot tizimlari va resurslari, shuningdek, internet tarmogʻi milliy segmentining axborot xavfsizligini taʼminlash sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish; 

- Internetning milliy foydalanuvchilarini Internet tarmogʻi milliy segmentida axborot xavfsizligiga paydo boʻlayotgan tahdidlar toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilish, shuningdek, axborotlarni himoya qilish boʻyicha maslahat xizmatlari koʻrsatish. 

Asosiy mavzular