21:58 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24

Ekspertlar Oʻzbekistonni Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz davlat deb tan olishdi

Foto: Ramiz Baxtiyarov
Jamiyat
Havola olish
456 0 0

Oʻzbekiston interaktiv xaritada sariq rangda koʻrsatilgan. Bu jahon boʻyicha oʻrta, Markaziy Osiyoda esa past xavf darajasini bildiradi.

TOSHKENT, 23 noya – Sputnik. International SOS va Control Risks xalqaro kompaniyalar ekspertlari Oʻzbekistonni Markaziy Osiyodagi ishlash va sayohat qilish uchun eng xavfsiz davlat deb tan olishdi. Maʼlumotlar interaktiv xaritada keltirilgan.

Oʻzbekiston medium (oʻrta) xavfni ifodalovchi sariq rangda belgilangan. Ushbu rang jahon boʻyicha oʻrta, Markaziy Osiyo davlatlari orasida esa boshqa davlatlarga qaraganda past xavf darajasini ifodalaydi.

Reyting sogʻliq bilan bogʻliq boʻlgan – yuqumli kasalliklar xavflari, tibbiy yordamning sifati hamda umumiy xavfsizlik – jinoyatchilik darajasi, huquqni himoya qiluvchi organ va favqulodda vaziyatlar xizmatining samaradorligini baholagan.

Yuqori darajadagi xavf Tojikistonning Afgʻoniston bilan chegaradosh tumanlari va Qirgʻizistonning janubida qayd etilgan. Afgʻoniston - mintaqaning eng xavfli davlati deb koʻrsatilgan.

International SOS – bu dunyodagi eng yirik tibbiyot va turistlik xizmatlaridan biri hisoblanadi, bu kompaniya jahonning 92 ta davlatlarida faoliyat yuritadi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston Lonely Planetning “Osiyoning sarguzashtlar uchun eng yaxshi joylari” reytingiga kiritilgandi.

Asosiy mavzular