19:43 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Devushka legkogo povedeniya i yeye kliyent

Oʻzbekistonda fohishalik uchun jazo choralari kuchaytirildi

© AFP 2018 /
Jamiyat
Havola olish
1347 0 0

Qonun bilan kiritilgan oʻzgartirishlarga asosan fohishalik uchun jarima miqdori oshirildi.

TOSHKENT, 14 dek — Sputnik. Senatning oʻn yettinchi yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat tartibini taʼminlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun maʼqullandi, deb xabar qildi Adliya vazirligi "Huquqiy axborot" kanali.

Qonun bilan kiritilgan oʻzgartirishlarga asosan fohishalik uchun jarima miqdori oshirildi, bu ish bilan shugʻullanish eng kam oylik ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha jarima solinishiga olib keladi (ilgari eng kam oylik ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha).

Ushbu huquqbuzarlik bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi (ilgari eng kam oylik ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha jarima).

Qonun kuchga kirishi uchun Prezident tomonidan imzolanishi va belgilangan tartibda rasman eʼlon qilinishi lozim.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan haftada Toshkent IIBB "Chilonzor-18" dahasida koʻp qavatli uylar oldida toʻplanadigan "kapalak"larga nisbatan koʻrilgan choralar haqida xabar bergandik.

Unga koʻra, tungi kapalaklarga qarshi operatsiya Toshkentning barcha tumanlarida oʻtkazilmoqda. Statistik maʼlumotlarga koʻra, yil davomida 65 nafar ayol roʻyxatga qoʻyilgan, yana 826 nafariga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik kodeksiga asosan dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Asosiy mavzular