Toshkent hokimiyati Mirobod tumanidagi uylar buzilishi haqidagi xabarni inkor qildi

© Ramiz BaxtiyarovJaxongir Artikxodjayev, ispolnyayushiy obazannosti xokima goroda Tashkenta
Jaxongir Artikxodjayev, ispolnyayushiy obazannosti xokima goroda Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirobod tumani, "Lolazor" mahallasidagi 3 qavatli uylar buzilmaydi, 2-qavatli uylar aholi roziligi olinganidan so‘ng buzilishi mumkin.

TOShKENT, 13 fev – Sputnik. Toshkent hokimiyati  “Lolazor” mahallasidagi turar-joy qurilishi haqidagi xabarlarga rasman izoh berdi.

Xokimiyat,  ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan Mirobod tumani “Lolazor” mahallasida 3 qavatli uylar buzilishi haqidagi xabarlarni inkor qildi. Hokimiyat bunday qaror qabul qilmagan.

Stroitelstvo garaja - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda qurilish normalariga javob bermaydigan yangi uylar buzib tashlandi

“Hokimligi huzurida o‘tkazilayotgan “Investor kuni” tadbiri doirasida tadbirkorlar tomonidan mazkur hududning ichki qismida joylashgan 2 qavatli, tarixiy ahamiyatga ega bo‘lmagan 27/3, 27/3a, 27/3b, 27/3v, 27/4-sonli uylarni buzish va o‘rniga yangi turar-joy kompleksi qurish taklifi bildirilgan.

Ko‘p qavatli turar-joylarni buzish bo‘yicha qaror qilish ushbu uylarda yashovchi axolining to‘liq roziligi olinganidan so‘nggina amalga oshiriladi va ushbu masalada fuqarolarimiz qonuniy huquqlari to‘liq kafolatlanadi” , - deyilgan hokmiyat xabarida.

© Press-slujba xokimiyata TashkentaXokimiyat Tashkenta oproverg prinyatie reshenie o snose domov v maxalle "Lolazor"
Toshkent hokimiyati Mirobod tumanidagi uylar buzilishi haqidagi xabarni inkor qildi - Sputnik O‘zbekiston
Xokimiyat Tashkenta oproverg prinyatie reshenie o snose domov v maxalle "Lolazor"
Yangiliklar lentasi
0