21:43 19 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Zdaniye Natsionalnogo universiteta Uzbekistana imeni Mirzo Ulugbeka v Tashkente.

Milliy universitet va Texnika universiteti hech qayerga koʻchirilmaydi - hokim

© Sputnik / Valeriy Melnikov
Jamiyat
Havola olish
270 0 0

Universitetlar shahar tashqarisiga koʻchirilishi haqidagi xabarlar asossiz boʻlib chiqdi.

TOSHKENT, 17 fev – Sputnik. Kecha Toshkent shahar hokimligida poytaxtning dolzarb muammolariga bagʻishlangan “Bugun - qurilish, ertga – tarix” mavzusida yigʻilish boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda OʻzA.

Proyekt blagoustroystva territorii Natsionalnogo universiteta Uzbekistana i vuzgorodka
© Press-slujba xokimiyata g. Tashkent.

Unda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev soʻzga chiqib Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti hamda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetlarining shahardan tashqariga koʻchirilishi haqida ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan maʼlumotlar orqali xabar topganini, bu gap-soʻzlar asossiz ekanini maʼlum qildi.

Biroz oldin ommaviy axborot vositalarida Toshkent shahridagi ikkita oliy taʼlim muassasasi shahar tashqarisiga koʻchirilishi mumkin, degan xabarlar paydo boʻlgan edi.

Majlisda xabar berilishiga koʻra, oʻtgan yili Toshkent shahrida 3200 ta boʻsh turgan bino aniqlangan. Bugungi kundan ulardan 2 mingdan ortigʻida mulk egalari ish boshlagan. Shaharning aholisi zich yashayotgan Shayxontohur, Olmazor tumanlarida yangi ishlab chiqarish korxonalarini yaratish uchun joy masalasi eng dolzarb masala hisoblanadi. Shuning uchun, Toshkent viloyatining poytaxtga tutash qismidan 40 gektar yer maydoni texnoparklarni barpo etish maqsadida ajratilgan.

Asosiy mavzular