11:42 24 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Trade at a city food pre-Easter fair held on Karl Marx Square in Novosibirsk. (File)

Oʻzbekistonda “rezina” tuxum paydo boʻldimi: Veterinariya qoʻmitasi tekshiruv oʻtkazdi

© Sputnik / Alexandr Kryazhev
Jamiyat
Havola olish
108530

Veterinariya qoʻmitasi xodimlari tomonidan “Oʻrikzor” bozorida tekshiruv oʻtkazildi.

TOSHKENT, 22 fev – Sputnik. Veterinariya qoʻmitasi tegishli tashkilotlar bilan birgalikda "Oʻrikzor" bozorida tekshiruvdan oʻtkazildi.

Eslatib oʻtamiz, "Xalq bilan muloqot" guruhida Toshkentning “Oʻrikzor” bozoridan sotib olingan tuxum sarigʻi “rezina” boʻlib chiqqani tasvirga olingan video tarqaldi.

Bu video oʻzbekistonliklar tomonidan qizgʻin muhokama qilindi.

Ushbu holatga oydinlik kiritish maqsadida Sputnik Oʻzbekiston muxbiri Oʻzbekiston Veterinariya qoʻmitasining mutasaddi vakillari bilan bogʻlandi.

Veterinariya qoʻmitasida “Oʻrikzor” bozorida tekshiruv oʻtkazilganligi maʼlum qilindi.

“22 fevral kuni “Oʻrikzor savdo kompleksi”da Toshkent veterinariya boshqarmasi tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda tuxum bilan savdo qiluvchi tadbirkorlarning 10 dan ortiq savdo doʻkonlarida sotuvchilar ishtirokida tuxum namunalari olinib, veterinariya-sanitariya ekspertizasidan oʻtkazilganda tekshirilgan tuxum namunalari isteʼmolga yaroqli deb topildi va boshqa tarzda sotuvga chiqarilgan sunʼiy tuxumlar aniqlanmadi”, - deb maʼlum qildi Veterinariya qoʻmitasi xodimi.

Veterinariya nazorati xodimining soʻzlariga koʻra, har bir sotuvchi sanitariya tibbiy daftarchalarga ega boʻlishi hamda mahsulotlarga beriladigan veterinariya maʼlumotnomalari asosida sotilishi toʻgʻrisida ogohlantirildi.

“Barcha dexqon bozorlari tuxumni tekshirish uchun "ovoskop" uskunasi bilan jihozlangan”, - deb qoʻshimcha qildi veterinariya nazorati xodimi.

Ovoskop
© Sputnik / Vladimir Vyatkin
Ovoskop

Veterinariya qoʻmitasining vakili bergan maʼlumotiga koʻra, 2018 yil va joriy yil yanvar oyida isteʼmol tuxumlari Afgʻoniston, Tojikiston va Eron davlatlariga eksport qilinganligi, Oʻzbekistonga esa umuman import qilinmagan.

Asosiy mavzular