21:41 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Fontan v Dubaye

Toshkentda dunyoda eng chiroyli va “Ginness kitobi”ga kiradigan favvorani qurish taklif etildi

AP Photo / Kamran Jebreili
Jamiyat
Havola olish
165310

Toshkentda dunyoda eng uzun, chiroyli va “Ginness kitobi”ga kiradigan favvorani barpo etish taklif etildi.

TOSHKENT, 3 apr – Sputnik. Toshkentda dunyoda eng chiroyli va “Ginness kitobi”ga kiradigan favvorani barpo etish taklif etildi. Bu haqda “Mening fikrim” portalida tegishli murojaat joylashtirildi.

Murojaat muallifi xorijiy va mahalliy sayyohlar oqimini koʻpaytirish maqsadida Toshkent shahri hududidan oqib oʻtuvchi kanal va anhorlarda 10-20 kilometrlik chiroqlarga boy boʻlgan musiqali, uzundan-uzun favvoralarni barpo etishni taklif qildi.

“Favvoralar dunyodagi eng uzun, chiroyli, innovatsion shaklga ega boʻlishi, bundan tashqari suvdagi chiqindilarni tozalovchi texnologiyalar bilan jixozlangan boʻlishi lozim. Shubhasiz, agarda ushbu favvoralar majmui bunyod etilsa, “Ginness rekordlari kitobi”dan joy oladi, anhor boʻyida aholi va sayyohlar uchun yanada maroqli dam olish imkoniyati ortadi”, - deyilgan murojaatda.

Dunyodagi eng qimmat favvora Dubay shahrida barpo etilgan. Uning qurilishiga 218 million dollar sarflangan. Dubai Fountain binosi Ginness rekordlar kitobiga kiritilgan.

Favvoraning uzunligi 275 metr - bu uchta standart futbol maydoniga teng. Dubai Fountain har soniyada 83 tonna suvni osmonga koʻtaradi.

 

 

Asosiy mavzular