Banan iste’mol qilish kimlar uchun xavfli?

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishBanani
Banani - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Banan mevasi o‘zining ko‘plab foydali xususiyatlariga qaramasdan ayrim kasalliklardan aziyat chekayotgan kishilar sog‘lig‘i uchun zararli bo‘lishi mumkin.

TOShKENT, 9 apr — Sputnik. Banan mevasi ayrim kasalliklardan aziyat chekayotgan kishilar sog‘lig‘i uchun zararli bo‘lishi mumkin, deb yozadi “Izvestiya”.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, buyrak, oshqozon-ichak yo‘li, jigar va o‘t pufagi xastaliklaridan aziyat chekuvchi bemorlar banan mevasini iste’mol qilishdan o‘zlarini tiyishlari lozim, chunki banan organizmda uzoq hazm qilinadi. Shuningdek, u organizmni suvsizlantiradi va suyuqlik oqishini sekinlashtiradi.

Chernika - Sputnik O‘zbekiston
Inson xotirasini yaxshilaydigan 7 ta mahsulot ro‘yxati – AQSh olimlari tadqiqoti

Bundan tashqari, qand kasalliga duchor bo‘lgan kishilar o‘z ratsionidan bananni chiqarib tashlashlari lozim. Chunki banan mevasi qondagi glyukozaning keskin oshishiga sabab bo‘lishi va katta xavf tug‘dirishi mumkin.

Yurak-qon tomir xastaligi muammolariga duch kelganlar ham banan iste’mol qilmasliklari tavsiya etiladi. Ma’lumki, banan infarkt va insultni boshidan kechirgan bemorlarning qayta tiklanish jarayonini sekinlashtiradi.

Qalampirni xush ko‘ruvchilar uzoq umr ko‘rishadi(mi)?

Eslatib o‘tamiz, avvalroq olimlar kuniga ikki va undan ko‘p chashka qahva yoki choy ichish o‘pka saratoni kasalligi xavfi oshirishi mumkinligini aniqlashgan edi.

Yangiliklar lentasi
0