06:33 22 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Zdaniye Generalnoy prokuraturы Uzbekistana

Oʻzbekiston Bosh prokuraturasida yangi boshqarma va boʻlim tashkil etildi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Jamiyat
Havola olish
47110

Oʻzbekiston Bosh prokuraturasida Aydar-Arnasoy koʻllar tizimiga masʼul yangi boshqarma va boʻlim tashkil etildi

TOSHKENT, 5 may  — Sputnik. Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi tuzilmasida Aydar-Arnasoy koʻllar tizimini rivojlantirish sohasida qonunchilik ustidan nazorat boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentda Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi resurslaridan foydalanish sohasida iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashish boʻlimi tashkil etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Bosh prokuratura boshqarma boshligʻi lavozimiga Bahriddin Xolmatov, Departament boʻlimi boshligʻi lavozimiga Parviz Orziyev tayinlandi.

Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida baliqchilik tarmogʻini jadal rivojlantirish, ichki va tashqi investitsiyalarni jalb qilish, turizm infratuzilmasini rivojlantirish, suv resurslaridan, oʻsimlik va hayvonot dunyosidan oqilona foydalanish hamda muhofaza qilish hamda noqonuniy bino va inshootlarni qonuniylashtirish, atrof-muhitini yaxshilash ustidan nazorat olib borish Bosh prokuratura boshqarmasining asosiy vazifalari hisoblanadi, deyiladi idora axborotida.

Shuningdek, Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida nazoratning samarali boshqaruvini amalga oshirish imkonini beruvchi Bosh prokuratura boshqarmasining situatsion-tahlil punktlari tashkil etildi.

Hozirda boshqarma tomonidan Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining 22 apreldagi  "Aydar-Arnasoy koʻllar tizimining biologik resurslaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qaroridan kelib chiqib, tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida biologik resurslardan foydalanish, biologik xilma-xilligini saqlash, investitsiyalarni keng jalb qilish, turizmni rivojlantirish va yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida kompleks chora-tadbirlar Dasturi ishlab chiqilmoqda.

Asosiy mavzular