13:45 16 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50

Sheremetyevoda samolyot yonayotgan vaqtda xo-xolab kulganlar qattiq jazolanadi

© AFP 2018 / Russian Investigative Committee
Jamiyat
Havola olish
Sheremetyevodagi mudhish aviahalokat (8)
1280 0 0

Sukhoi Superjet 100 samolyoti aviahalokati yakshanba kuni kechqurun yuz berdi. "Aeroflot" aviakompaniyasi layneri Moskvadan Murmanskka tomon yoʻl olgan boʻlgan. Parvozning yigirma sakkizinchi daqiqasidan soʻng ekipaj poytaxt aeroportiga shoshilinch ravishda qaytishga qaror qilgan

TOSHKENT, 7 may - Sputnik. Sheremetyevoda yonayotgan SSJ-100 ustidan kulganlar aks ettirilgan video boʻyicha izoh berildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Ijtimoiy tarmoqlarda "Aeroflot"ning Sukhoi Superjet 100 samolyoti halokatidan soʻng mansabdor shaxslar tomonidan haqoratli gaplar aytilgan videoyozuv paydo boʻlgach, Sheremetyevo administratsiyasi xizmat tekshiruvini oʻtkazdi, deb xabar qildi aviagavan matbuot xizmati.

Taʼkidlanishicha, kadrlardagi tasvirlarga koʻra, xodimlar aeroport xizmat hududida yonayotgan laynerning avariya vaqtidagi qoʻnishini telefonga suratga olganlar, kulganlar va haqoratli soʻzlar aytganlar.

Bayonotda shuningdek, aeroport va aviakompaniya xodimlari ushbu videoda yoʻqligi aytib oʻtilgan.

Sheremetyevoda samolyot yonib ketdi - video

Oʻz navbatida, Sheremetyevo rahbariyati bu odamlarga nisbatan oʻta qattiq choralar koʻrilishini talab qilgan.

Sukhoi Superjet 100 samolyoti aviahalokati yakshanba kuni kechqurun yuz berdi. "Aeroflot" aviakompaniyasi layneri Moskvadan Murmanskka tomon yoʻl olgan boʻlgan. Parvozning yigirma sakkizinchi daqiqasidan soʻng ekipaj poytaxt aeroportiga shoshilinch ravishda qaytishga qaror qilgan.

Samolyot faqat ikkinchi urinishdan soʻng qoʻna olgan. Qattiq qoʻnish oqibatida samolyotning shassi stoykalari sinib ketgan va dvigatellarda alanga paydo boʻlgan. Keyin olov samolyotning dum qismiga yoyilgan.

41 kishi halok boʻlgan. 33 yoʻlovchi va 4 nafar ekipaj aʼzolari omon qolgan.

Mavzu:
Sheremetyevodagi mudhish aviahalokat (8)

Asosiy mavzular